Isroil nega musobaqalardan chetlatilmayapti? Infantino javob berdi
02 okt 22:43
Yangiliklar


Isroil nega musobaqalardan chetlatilmayapti? Infantino javob berdi
FIFA Prezidenti Janni Infantino nima sababdan Isroil mamlakati terma jamoalari xalqaro musobaqalardan chetlatilmagani sababini ochiqladi.
"FIFA futbolning kuchini odamlarni birlashtirish uchun ishlatishga harakat qilmoqda. Albatta, butun dunyoda bo'layotgan mojarolar sababli jabr ko'rayotganlar haqida ham o'ylaymiz. Eng muhimi esa tinchlik va odamlarning birdamligidir.
FIFA mamlakatlarning geosiyosiy muammolarini hal qilib bera olmaydi, tashkilot butun dunyo aholisini birlashtirishi, ularning madaniyatli bo'lishini, gumanitar qadrini tushuntira olishi kerak", - dedi Infantino FIFA rasmiy saytiga.
Oldinroq Falastin va Isroil o'rtasida bo'layotgan mojarolar sababli Isroil mamlakati termalarining xalqaro musobaqalardan chetlatilishi borasida malumotlar tarqalgandi. Keyinchalik bu masala kun tartibidan olib tashlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar