So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Sergey Lushan istefoga chiqarilgani yo'q Yangiliklar

Sergey Lushan istefoga chiqarilgani yo'q

Superliganing 3-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Surxon" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushan mag'lubiyatdagi barcha javobgarlikni o'z bo'yniga oldi.

Matbuot anjumanida barcha masuliyat va javobgarlikni o'z bo'yniga olgan mutaxassis rahbariyatning har qanday qaroriga tayyor ekanligini bildirgandi.

Uchrashuvdan keyin jizzaxlik ishqibozlar internet tarmoqlarida tarqalib ketgan Lushanning istefosi bilan bog'liq turli xil xabarlar yuzasidan bizga qator murojaatlar qilishdi.

SHu boisdan nashrimiz jurnalisti "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan bilan bog'landi va vaziyatga oydinlik kiritdi.

Lushanning SHahboz Beg'amovga malum qilishicha, mutaxassis "Surxon"dan uchralgan mag'lubiyat javobgarligini o'z zimmasiga olgan. Bunday o'yin va natija uchun muxlislardan uzr so'raydi. Biroq internet tarmoqlarida tarqalib ketgan asossiz va turli mish-mish xabarlar haqiqatdan yiroqligini takidladi.

Yani, ayni paytda Lushan rasman "So'g'diyona" bosh murabbiyi sanaladi. Hozircha klub rahbariyati mutaxassisni istefoga chiqargani yo'q. Murabbiyga mazkur masala bo'yicha hech kim bog'lanmagan. Uchrashuvdan istefo haqida hech qanday gap-so'z bo'lmagan. Murabbiy shunchaki matbuot anjumanida rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorligini bildirgan xolos. Lushan uning jamoadagi kelajagi rahbariyat tomonidan erta yoki indin hal bo'lishini qo'shimcha qildi.

Qayd etish kerakki, "So'g'diyona" rahbariyati Lushanga jamoa yangi mavsumda kuchli oltitalikka kirishini vazifa qilib belgilagan.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" joriy mavsumdagi dastlabki o'yinni Jizzaxda "Bunyodkor"ga (2:1) qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi. Ikkinchi turda esa Qarshida "Nasaf"ga (1:3) imkoniyat boy berildi. Bugun esa Jizzaxda "Surxon" "So'g'diyona"dan (0:3) ustun keldi. Ayni paytda "So'g'diyona" turnir jadvalida 3 ochko to'plagan holda 10-o'rinda bormoqda.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика