So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  18 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Sergey Lushan: "Hammasi ijobiy yakun topganidan xursandman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Hammasi ijobiy yakun topganidan xursandman"

Bugun bo'lib o'tgan Superligaga chiqish pley-off o'yinida "So'g'diyona"ning qo'li baland keldi.

Jizzaxliklar Muborakning "Mashal" klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Superligada o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Bahs yakuniga etgach, "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushandan intervyu oldik.

- Qiyin o'yinni o'tkazdik. Buning ustiga pley-off bosqichining bitta uchrashuvdan iborat ekanligi ham o'z tasirini ko'rsatdi, - deya fikr bildirdi Sergey Ivanovich. - Raqib bizga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. SHu bois g'alaba qozonish oson bo'lmadi. Penaltidan gol o'tkazganimiz alam qildi. Lekin hammasi ijobiy yakun topganidan xursandman. O'yindan so'ng barchani g'alaba bilan tabrikladim va futbolchilarga 20 dekabrga qadar tatil berilishini aytdim. SHundan so'ng yana yig'ilib yangi mavsumga hozirlik ko'ramiz. Keyingi yil tarkibni kuchaytirmasak bo'lmaydi.

- "Mashal" qanchalik qarshilik ko'rsatdi?
- "Mashal" o'ziga xos ananalarga ega klub. Buni hamma biladi. Lekin bugun raqib emas, ko'proq biz o'zimiz o'zimizga muammo tug'dirdik.

- Bu yil Superliga o'zgacha formatda kechdi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Men bu haqda ko'p gapirdim. Yangi format qanchalik foyda berishini vaqt ko'rsatadi. Oldin ikki-uchta chempionat shu tizimda o'tsin, keyin xulosa qilsa bo'ladi. Faqat bir narsani aytishim mumkin, jamoalar oltitalikka bo'linganidan keyin oxirgi ikkita tur qiziq bo'lmay qoldi.  

- Hozir shu formatni saqlab qolish yoki o'zgartirish haqida gap boryapti.
- Keyingi yil Superliga qanday tartibda o'tishini bilmayman. Lekin o'zim futbolchilik paytimda faqat ikkita davrali chempionatlarda o'ynaganman va shu format menga tushunarli edi. Format qanday bo'lmasin, chempionatda o'tkinchi o'yinlar bo'lmasligini xohlayman.

- "Oltin ochkolar" bizga kerakmi?
- To'g'risi, men bunday tizimda o'ynashga o'rganmaganman. Faqat shuni sezdim, "oltin ochkolar" bor joyda kimning qaerda bo'lishini oldindan taxmin qilsa bo'lar ekan. Men uchun eng maqul chempionat - 16ta jamoa ishtirokida ikki davrali tizim. Bu shaxsiy fikrim. Ammo yakuniy qarorni PFL qabul qiladi.

- Klub bilan tuzgan shartnomangiz xususida?
- SHartnoma muddati 30 noyabrga qadar edi va yaqinda tugadi. Hozir muzokaralar ketyapti. Hammasi rahbariyatning nima deyishiga bog'liq. Agar klub rahbari ishlayveringlar desa jamoada qolib ishimizni davom ettiramiz, mabodo aksi bo'lsa rahmat aytib ketishga to'g'ri keladi.

- Mavsum oxirida muxlislarga aytar so'zingiz?
- Avvalo hammaga sog'lik tilayman. Muxlislarimiz jamoaga ishqibozlik qilishda, futbolni sevishda davom etishsin. Men xohlardimki, keyingi yil chempionatning har bir o'yinida stadionlar to'lsa.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика