So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  106 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Sergey Lebedev, Matteus va jahon yulduzlari Yangiliklar

Sergey Lebedev, Matteus va jahon yulduzlari

FIFA tez-tez jahon futboli yulduzlari ishtirokida turli xayriya uchrashuvlarini tashkil etib turadi.


Ayniqsa, bu avvallari keng tarqalgandi. Ana shunday bellashuvlardan biri 1997 yil ikki bor o'tkazilgan va ularning biri biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan. Unda O'zbekiston terma jamoasi azosi jahon yulduzlari bilan birga maydonda harakat qilgan. Hozirda Farg'onaning "Neftchi" klubi murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Sergey Lebedev shunday baxtga muyassar bo'lgan. SHu tariqa u hozirgacha bu borada yagona o'zbekistonlik futbolchi degan nomni o'zida saqlab turibdi.

1997 yilning 3 iyul kuni Lebedev uchun futbolchilik faoliyatidagi eng muhim sanalardan biri bo'lib qoladi. O'sha kuni hamyurtimiz FIFA va OFK terma jamoalari o'rtasida Gonkongda o'tkazilgan uchrashuvda ishtirok etish uchun taklif olgan. Aslida Sergeyning Osiyo yulduzlari safida harakat qilishi rejalashtirilgandi, biroq Del Pero va SHirer singari mashhur futbolchilarning Gonkongga tashrif buyura olmagani sababli jahon terma jamoasi safiga osiyolik ikki o'yinchi taklif etildi. Bular Lebedev va Syok Ju edi. SHu tariqa jahon yulduzlari safida to'p tepgan yagona o'zbekistonlik futbolchi paydo bo'ldi. O'sha uchrashuvning qaydnomasi bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Gonkong, 1997 yil 3 iyul. 22700 tomoshabin.

Jahon yulduzlari - Osiyo terma jamoasi - 5:3 (3:1)

Gollar: Vea 18, Alfonso 25, SHukur 32, Reyna 53, Papen 68 - Azizi 11, Al Enazi 74, Bageri 79.

Jahon yulduzlari: Kepke (Germaniya), Arendse (JAR), Seok Ju (Janubiy Koreya), Yerro (Ispaniya), Verlaat (Gollandiya), Matteus (Germaniya), Dunga (Braziliya), Sergey Lebedev (O'zbekiston), Vea (Liberiya), SHukur (Turkiya), Ze Elias (Braziliya), Papen (Franciya), Reyna (AQSH), Alfonso (Ispaniya).

Osiyo terma jamoasi: Al Deayya (Saudiya Arabistoni), CHuliang (Xitoy), Al Jahoni (Saudiya Arabistoni), Ixara (Yaponiya), CHi Keung (Gonkong), Jiyi (Xitoy), Dusit (Tailand), Nasrulloh (Suriya), Bageri (Eron), Ahmad Muhammad (BAA), Dai (Eron), Azizi (Eron), Al Enazi (Qatar), Xaydong (Xitoy).

SHunday qilib, o'zimizning Lebedev Kepke, Yerro, Matteus, Dunga, Vea, SHukur, Papen, Reyna va Alfonso kabi dunyo yulduzlari bilan bir jamoada o'ynagan o'zbek futbolchisi sifatida tarixdan o'rin oldi.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика