So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   6 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  18

Sergey Kucherenko: "Nasaf"ning nufuzi va imijiga putur etkazmaslik lozim" Yangiliklar

Sergey Kucherenko: "Nasaf"ning nufuzi va imijiga putur etkazmaslik lozim"

"Nasaf" akademiyasi barpo etilganidan buyon futbol maktabi direktori bo'lib ishlab kelgan ukrainalik mutaxassis Sergey Kucherenko bugun istefoga chiqqan SHamil Yarulin o'rniga "Nasaf" bosh menejeri etib tayinlandi.

Bugunoq ishga kirishgan "Nasaf"ning yangi bosh menejeri Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qildik va yangi lavozimdagi ilk tassurotlar va fikrlari bilan qiziqdik.


Har qanday sharoitda ham "Nasaf"ning nufuzi va imijiga putur etkazmaslik lozim

- Biroz avval klubda yig'ilish bo'lib o'tdi va meni bosh menejer lavozimiga tayinlashdi. Yangi ishni boshlab yubordik. Meni masuliyatli ish kutmoqda. Buyog'iga eng shimarib ishlaymiz. "Nasaf"da juda ko'p yaxshi ishlar qilingan. Muhimi, o'sha qilingan yaxshi ishlarni saqlab qolgan holda klubni yanada rivojlantirish lozim. "Nasaf" o'z imijiga ega klub. Biz har qanday sharoitda ham klub nufuzi va imijini buzib qo'ymasligimiz talab etiladi. Men "Nasaf" uchun begona yoki yaqindagina kelgan odam emasman. Akademiya barpo etilganidan buyon klub tizimida ishlab kelayotgan mutaxassis sifatida yangi lavozimdagi ishimga ko'nikish ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi. Men "Nasaf"ni juda yaxshi bilaman. SHu o'rinda klubdagilar ham meni juda yaxshi tanishadi. Biz ushbu qiyin vaziyatdan oqilona chiqib ketishimiz lozim.

"Nasaf"ning talablariga mos keladigan xodimlarni olib qolamiz

- Endigina ishni boshlayapman. O'zgarishlar haqida gapirishga erta. Buyog'iga klubdagi har bir xodimni maqsad va istagini so'rab, undan talab etilayotgan ishlarni tushuntiramiz. Har bir xodim bilan alohida gaplashib olib, munosiblarini saqlab qolamiz. Ishlashni istamagan yoki bizning talablarga mos kelmaydiganlar bilan do'stona xayrlashamiz. "Nasaf"da ishlayotgan har bir xodim klub darajasiga mos kelishi kerak.

Moliyaviy muammolar haqida

- Hozircha rahbariyat bilan moliyaviy holat bo'yicha bafurja gaplashib olishga fursat bo'lgani yo'q. Hayot doim ham bir tekis davom etmaydi. Albatta bu vaqtincha holat. Tez orada moliyaviy muammolarni bartaraf etiladi, degan umiddaman. Nima bo'lgan taqdirda ham biz "Nasaf" degan nomni oqlashimiz kerak. "Nasaf"dagi mavjud sharoitdan samarali foydalanish lozim.

Muxlislar tashrifi kamaygani - bizning aybimiz

- "Nasaf" doim muxlislar uchun futbol o'ynashi kerak. Futbolchilar moliyaviy holat vaqtincha holat ekanini va o'z bo'ynilaridagi vazifalarini unutib qo'ymasliklari kerak. Biz ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz. Bunga jamoaning kuchi va salohiyati etarli. Muhimi, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsad yo'lida birlashib ishlashimiz shart. "Nasaf" o'z ananalariga ega top jamoa. SHuni hech kim unutmasligi lozim. Stadionga muxlislar tashrifi keskin kamaydi. Demak ayb bizda. Biz ular kutgan o'yinni namoyish etmay qo'yganmiz yoki natijalarimiz pasayib ketdi. Buni tezda o'nglashimiz talab etiladi. Maqsad esa muxlislarni yana stadionga qaytarish. SHuningdek, jamoamiz uchun ularning ko'magi ham juda muhim.

Ikkinchi davrada jamoani etakchilar tark etadimi?

- Ayni paytda barcha futbolchilarni mavsum yakuniga qadar jamoa bilan amalda shartnomalari mavjud. SHuni qayd etib o'tishni istardim, hozirgi kunda "Nasaf"ning Superliga uchun topshirgan qaydnomasining 70% akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan iborat. Ayni paytda asosiy tarkibda to'p tepayotgan barcha akademiya tarbiyalanuvchilarimiz o'zimni ko'z oldimda futbolchi sifatida ulg'ayishgan. Bizning bu "nihol"larimizdan umidimiz katta.  Ikkinchi davrada jamoa safida o'zgarishlar ruy berishini inkor etmayman. Unga qadar esa vaqt bor. Buni vaqt ko'rsatadi. Agarda jamoamiz uchun manfaatli taklif bo'lsa, balki bazi etakchilarni qo'yib yuborishimiz mumkin. Lekin shuni ishonch bilan ayta olamanki, ketadiganlarni o'rnini to'ldiradigan futbolchilarni albatta topamiz. Hali aytib o'tganimdek, "Nasaf" o'z imijiga putur etkazmaydi.

"Nasaf"ning "nihol"lariga evropa klublaridan taklif kelsagina akademiyadagi missiyamdan to'liq qanoatlanaman

- "Nasaf"ning akademiyasi barpo etilganidan buyon direktor lavozimida ishladim. SHu yillar mobaynida ko'plab futbolchilarni asosiy jamoamizga hamda terma jamoalarga etkazib berdik. O'tgan yili "Nasaf" akademiyasi O'zbekistondagi eng yaxshi futbol maktabi deb topildi. SHuningdek, tarbiyalanuvchilarimiz bir qator yutuqlarga, muvaffaqiyatga erishishdi. Bu ham kishini quvontiradi. Umuman olganda akademiyadagi faoliyatim menga bir olam quvonch bag'ishladi. Ammo qilgan ishlarimdan hali to'liq qoniqdim demayman. Qachonki tarbiyalanuvchilarimiz qo'llariga evropa klublaridan qator takliflar kelsagina, shunda men akademiyadagi missiyamdan to'liq qoniqqan bo'laman. Buyog'iga esa menejer sifatida "Nasaf"ni imkon qadar yanada rivojlantirishga, klubni yangi darajaga olib chiqishga harakat qilaman. Albatta yangi g'oyalar bilan olg'a intilish talab etiladi.

Ro'ziqul Berdiev bilan ko'rishganim yo'q

- Kechagi o'yindan keyin jamoa tatilga yo'l oldi. SHu boisdan ham hozircha jamoa bilan ko'rishganimiz yo'q. Ro'ziqul Berdiev bilan ham yaqin orada uchrashib, barcha masalalar bo'yicha bafurja gaplashib olamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика