So’nggi yangiliklar

18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  1 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  2 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3

Sergey Kovshov: "Ketma-ket g'alabalardan xotirjamlikka berilish kerak emas" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Ketma-ket g'alabalardan xotirjamlikka berilish kerak emas"

"Andijon" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Kovshov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugun g'alabaga loyiq o'yin namoyish etdik va yakunda uch ochkoni qo'lga kiritdik. “Neftchi”ga qarshi bahsda futbolchilarimiz ko'p kuch sarflab yuborishgani baribir sezildi. SHu bois ayniqsa, birinchi bo'limda o'yinimiz kutilgan darajada chiqmadi. Himoyada ham tushunarsiz xatolarga yo'l qo'ydik. Yaxshiki, ikkinchi taymda futbolchilar o'zlariga kela olishdi. Natijada kerakli golni urib g'alaba qozondik. Muhimi uch ochko qo'lga kiritildi.

- Boshqaruvni o'z qo'lingizga olganingizdan so'ng “Andijon”ning o'yini kuchaydi va kerakli ochkolarga erishmoqda. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
- Men yoshlar bilan ko'p vaqt ishlaganman, bilasizmi, yoshlar va kattalar o'rtasida ruhiy jihat boshqa-boshqa bo'ladi. Eng asosiy gap hamjihatlikda. Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun qabilida, bir yoqadan bosh chiqarib ish olib borilsa natija ham bo'ladi. Aynan hamjihatlik evaziga o'yinimizni yaxshilashga harakat qilyapmiz.

- Bugungi g'alabadan keyin “Andijon” oliy ligada qolish vazifasini bajardi deb hisoblaysizmi?
- Ketma-ket g'alabalardan xotirjamlikka berilish kerak emas deb o'ylayman. CHempionatda kurash qizib boryapti. Musobaqa jadvalining yuqorisida ham, patki qismida ham kurash keskinlashmoqda. Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolgan bo'lsa-da, hali chempion nomi ham, oliy ligani tark etadigan jamoalar ham aniq emas. Garchi, 27 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsak ham hozircha hammasi malum emas. Ammo imkoniyatimizni ancha oshdi. O'ylaymanki, kurash oxirigacha bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика