So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Sergey Kovshov: "Albatta, mehmonda ochko olish yaxshi" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Albatta, mehmonda ochko olish yaxshi"

“SHo'rtan” va “Andijon” jamoalari (0:0) o'rtasidagi o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida andijonliklar ustozi Sergey Kovshov qatnashdi.

- O'yin yaxshi o'tdi. Bugun ikkala jamoada ham gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Musobaqa jadvalidagi holatimiz qiyin bo'lgani bois bugungi bahsda bizga ochko juda zarur edi. SHuning uchun yigitlar maydonda borlarini berib o'ynashdi. Albatta, mehmonda ochko olish yaxshi. SHu bois natija biz uchun yomon bo'lmadi. To'g'ri, o'yin sifatida u qadar yuqori bo'lmagandir, lekin o'yin kurashlarga boy bo'ldi. Mana shunday kurashda ochko olishni uddaladik. Bundan xursandmiz albatta. Uchrashuv oxirida gol urib g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Lekin juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. 

- Maydonda eng yaxshi o'yinchi sifatida kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Albatta, bu borada darvozabonimiz Gennadiy Moshnyagani aytsam xato bo'lmasa kerak. U bugun ham bir qator vaziyatlarda gollardan qutqardi. Avvalgi turda “Qizilqum” bilan bo'lganda o'yinda ham Moshnyaga o'zini ko'rsatgandi. Ammo maydonda birgina Moshnyaga o'ynagani yo'q va butun jamoa bugun yaxshi harakat qildi. SHuning uchun hamma yigitlarga rahmat aytaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика