So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Sergey Lushan: "Maqsadimiz bitta - CHempionlar ligasida g'olib chiqish" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Maqsadimiz bitta - CHempionlar ligasida g'olib chiqish"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Ertaga qiyin o'yin bo'lishini kutayapmiz. Ikkala jamoaga ham g'alaba kerak. Biz o'zimizning bor kuchimizni ko'rsatishga urinamiz", - deydi Sergey Lushan.

- "Lahviya"ni qanchalik o'rganib chiqdinglar?
- Albatta (kuladi). Raqibni o'zimizdan ham ko'ra yaxshiroq o'rgandik.

Akmal SHorahmedov: "Ertaga qiyin uchrashuv bo'ladi. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan va hech bir o'yinni hisobini oldindan aytib bo'lmaydi. Imkon qadar ertangi o'yinda g'alaba qozonib o'tgan bahslardagi yo'qotilgan ochkolarni o'rnini qoplashga urinib ko'ramiz. Bizni muhim bellashuv kutib turibdi".

- Raqib safida Sebastyan Soriya va Ahmad Yosir kabi futbolchilar ertaga maydonga tusha olishmaydi. Bu jamoaga ustunlik beradimi?

- Yaxshi yangilik uchun rahmat (kuladi). Ammo ikki futbolchining o'ynamasligi ularni kuchsizlantirib qo'ymadi. Raqib tarkibida kuchli futbolchilar juda ko'p.

- O'yinda turli holatlar bo'lishi mumkin. Raqib tezkor gol urishi mumkin, yoki sizlar tezkor gol urishingiz mumkin. Kutilmagan holatlarga tayyormisizlar?
- Albatta. Biz tezkor gol ursak darhol himoyaga yotib olmaymiz. Raqib gol ursa javob berishga urinamiz. Lekin futbolda oldindan hech nima deb bo'lmaydi.

- "Buxoro" bilan o'yin ertangi uchrashuvdan oldin qanchalik yordam berdi?

- "Buxoro"ga qarshi bahs umuman boshqa musobaqadagi o'yin edi. Jamoa 120 foizga tayyor. G'alaba uchun maydonga tushamiz.

- "Bunyodkor" OCHLda juda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan. Bu safar ham guruhdan chiqish vazifasi uddalanadimi?

- Albatta maqsadimiz CHempionlar ligasini yutish. Boshqa maqsad bo'lishi ham mumkin emas.

- Raqib jamoa safida bir qator mashhur nomlar bor. Bu futbolchilarga nisbatan alohida tayyorgarlik ko'rildimi?

Akmal SHorahmedov: - Albatta raqib safida nomdor futbolchilar ko'p va odatda arab jamoalarida ko'p narsani legionerlar hal etishadi. Vladimir Vays kabi futbolchilar o'yin taqdirini bir urinishda hal etadigan futbolchilar sirasiga kiradi. Lekin biz bunga tayyormiz.

- Jamoa o'tgan uy o'yinlarida ikkita golni penaltidan o'tkazib yubordi. Himoyachilarga bu borada ko'rsatma berdingizmi?
- Bu - futbol. Unda barcha narsa bo'lishi mumkin. Himoyachilarimiz umuman kerak bo'lmagan joyda qo'pollik qilishdi va penalti ishlab olishdi. Bu holatlarni ko'rib chiqdik.

- Ertaga "Bunyodkor"ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Nimaning evaziga g'alaba qozonishingiz mumkin?
- Faqat o'yin evaziga. Balki stadion yuqorisiga "snayper" qo'yarmiz (kuladi). Vaziyatlardan unumli foydalana olsak g'alaba qozonamiz.

- "Bunyodkor" klubi muxlislariga tilaklaringiz.
- Jamoamizga ishoninglar. SHaxsan men OCHLda barcha klublarimizga muxlislik qilaman.
 
Akmal SHorahmedov:
- Ertaga muxlislardan bizni bor kuchlari bilan qo'llab turishlarini so'rab qolardim. Qanchalik ko'p muxlis kelsa shuncha yaxshi.

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика