So’nggi yangiliklar

01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  0 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Sergey Kovshov: “Peshqadamlikni saqlab qolish o'z qo'limizda” Yangiliklar

Sergey Kovshov: “Peshqadamlikni saqlab qolish o'z qo'limizda”

Yoshlar ligasida “Neftchi” jamoasi birinchi davradan so'ng peshqadam bo'lib turibdi. Bunda murabbiy Sergey Kovshovning xizmati katta desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bugundan ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan yoshlar jamoamizning murabbiyi Sergey Gennadevich bilan suhbatlashib, birinchi davra va kelgusi rejalar haqida so'radik. 

- Sergey Gennadevich, boshqaruvingizdagi “Neftchi” yoshlar jamoasi birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Natijadan ko'nglingiz to'lgan bo'lsa kerak?

- Albatta, oldimizga qo'yilgan vazifani birinchi davrada yaxshi uddaladik. SHu bois qayd etgan natijamizdan qoniqish xosil qildim. Aslida ham rahbariyat sovrinli o'rinlarni band etish vazifasini qo'ygandi. Yani eng kamida 2-3-o'rinlarni egallash sharti qo'yilgan. Ko'rib turganingizdek biz hozir 1-o'rindamiz. Vazifani ortig'i bilan bajarmoqdamiz. Bundan xursandman. Ilgari “Paxtakor” yoshlar jamoasida ishlaganimda ham yuqori o'rinlarni egallash vazifasi qo'yilgan. 5 yil chempionlikni qo'lga kiritganmiz. Joriy yil birinchi davrada garchi mag'lubiyatga uchramagan bo'lsakda, o'zimizning xatoimiz evaziga duranglar sonini ko'paytirib yubordik. Bu esa bizga qimmatga tushdi. 

- Yaxshi bilamizki “Neftchi” yoshlar jamoasi avvaldan kuchli jamoa bo'lib kelgan. Bu yil jamoani peshqadam sifatida yurishi nimani hisobiga bo'lmoqda deb o'ylaysiz?

-Joriy mavsum mahalliy o'yinchilarni saqlab qolganmiz. Javohir Rasulov, Izzat G'aniev, Otabek Zokirov, Saydullo Rahmatov shular jumlasidandir. Aynan ushbu o'yinchilar evaziga birinchi davrani munosib o'rinda tugatdik. Bu futbolchilar o'tgan yili yoshlar jamoasida etakchilarimiz bo'lishgandi. Bu yil esa asosiy tarkibda o'ynamoqda. Ularning o'rniga Nodirxon Kamolov, SHoxruh Xolmatov, Alisher Fayzullaev singari yoshlar chiqib kelmoqda. Umid qilamanki, bu o'yinchilar ham ikkinchi davradan asosiy tarkibga qo'shiladi. Bu futbolchilar “Neftchi”ning kelajagi sanaladi. Oldimizdagi vazifa nafaqat natija ko'rsatish, balki asosiy tarkibga munosib o'yinchilarni etkazib berishdir. Ilgari “Paxtakor”da ham shu tarzda ishlagandim.

- “Mashal” bilan oradagi ochkolar farqi katta emas. Peshqadamlikni saqlab qolish qiyin bo'lsa kerak?

- Yuqori o'rinlarni egallashni maqsad qilgan har qanday jamoa bunga osonlikcha erishmaydi. To'g'ri, “Mashal” kuchli jamoa. Ular ham chempionlik uchun munosib ravishda kurashadi. Peshqadamlikni saqlab qolish o'z qo'limizda. Bu narsa ko'proq o'zimizga bog'liq. Tabiiyki hozirgi o'rnimizni saqlab qolish oson bo'lmaydi. Sababi “Andijon” va “So'g'diyona” kabi turnir jadvalida pastki o'rinlarda turgan jamoalarga qarshi kechadigan o'yinlar murakkab kechadi. CHunki bunday jamoalar natijadan ko'ra, ko'proq o'zini ko'rsatish uchun bor kuchini berib o'ynaydi.

- Ayni paytga kelib jamoalar tatildan qaytib, ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik boshlanmoqda. “Neftchi” yoshlar jamoasining bu boradagi rejalari qanday?

- 3 iyuldan o'z qarorgohimizda yig'inni boshlaymiz. Rahbariyat tomonidan sharoitlar yaratib berilgan. Yig'in davomida bir qator yoshlarni ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirganmiz. Buning uchun mahalliy yoshlarni ko'rikka taklif etamiz va ularning imkoniyatlarini ko'zdan kechiramiz. Maqul kelganlarini safimizda olib qolamiz. Qirgulidagi dastlabki yig'in ikki haftaga yaqin muddatni o'z ichiga oladi. Keyin 17 iyuldan Vodildagi qarorgohga jo'nab ketamiz. U erda 10 kun shug'ullanamiz. Albatta ushbu davralar oralig'idagi yig'in chog'ida bir qator sinov-nazorat bahslarini o'tkazamiz. Birinchi va ikkinchi liga jamoalari bilan kuch sinashib futbolchilarni imkoniyatlarini ko'zdan kechiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика