MTJ 5 maydan yig'in o'tkazadi va Superliganing etakchi klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi
08 jan 12:20
Yangiliklar
MTJ 5 maydan yig'in o'tkazadi va Superliganing etakchi klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi
Endilikda may oyining 5-sanasidan boshlab Superliga uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyati mavjud emas. Shu tariqa Liga avgust oyidayoq ishlab chiqilgan taqvim rejasini o'zgartirishga majbur bo'ldi.
Biz 24 soat ichida yangi rejani klublarga taqdim etdik va ular belgilangan muddatda yangi taqvimga rozilik bildirdi. Milliy jamoa 5 may sanasidan etiboran mahalliy futbolchilar ishtirokida yig'inga kirishadi va 10, 17, 24 may kunlari Superliganing etakchi klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Jarayon iyun oyidagi FIFA kunlari hamda Jahon Kubogiga ulanib ketadi.
May, iyun, iyul oylari davomida katta tanaffus yuzaga kelayotgani, bu Superliga yaxlitligiga tasir ko'rsatayotganligini inobatga olgan holda, may oyining qolgan qismi O'zbekiston Kubogi bilan davom ettiriladi.
O'z navbatida, Liga Osiyo Kubogi-2027 yaqinlashib kelayotganligini ham hisobga oldi. Bosh jamoaga nomzod futbolchilarning dekabr oyi davomida qisqa tatilga chiqishi va keyinchalik Osiyo Kubogi oldidan yig'inlarga kirishishi dolzarb masala hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, JCH-2026 yakunidan keyinga reja qilinayotgan mavsumning ikkinchi qismi 20 iyul sanasidan davom ettiriladi.
Superliganing so'nggi turi 3 dekabr sanasiga to'g'ri keladi. O'tish o'yinlari va O'zbekiston Kubogining yarim finalida ishtirok etmaydigan klublar shu sanadan keyin tanaffusga yo'l oladi. O'tish o'yinidan joy olgan jami to'rt uchrashuv qisqa vaqt ichida tashkil etilishi, og'ir mavsumdan keyin klublar uchun ehtimoliy raqiblardan kelib chiqadigan lokaciya bilan bog'liq muammolarni engillashtirish, futbolchilarning uchrashuvlar oralig'ida tiklanish imkoniyatlarini hisobga olib, markazlashtirilgan holda Toshkentda o'tkaziladi.
Yozgi transfer oynasi 22 iyun — 24 iyul sanalari oralig'iga to'g'ri keladi. Mazkur davrda klub safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchining qaydnomaga kiritilishiga Superliganing 14-turidan etiboran ruxsat beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar