Saviola: "Agar pul va "Barselona" tarixi haqida o'ylaganimda jamoani tark etmagan bo'lardim"
27 dek 2016 17:12
Yangiliklar
Saviola: "Agar pul va "Barselona" tarixi haqida o'ylaganimda jamoani tark etmagan bo'lardim"
"Barselona" sobiq hujumchisi Xaver Saviola 2007 yil "Real"ga pul uchun o'tmaganini aytib berdi.
2016 yilning aprelida argentinalik faoliyatini yakunladi va murabbiylik kurslariga tayryogarlik ko'rmoqda.
"Hech qachon menga qancha to'lashgani haqida qiziqmaganman. Pul, "Kamp Nou"ning to'lib-toshgan stadioni yoki "Barselona"ning tarixi haqida o'ylaganimda Kataloniya kiyinish xonasini tark etmagan bo'lardim.
Evropaga ko'chib o'tganimda 19 yoshda edim. Faoliyatim davomida qabul qilgan qarorlarimdan afsusda emasman. Futbol menga kutganimdan ko'prog'ini berdi. Men buyuk tarixga millionlab muxlislarga ega nufuzli jamoalarda o'ynadim.
Futbolda qolishni istayman. Yanvarda murabbiylik kurslariga bormoqchiman" - deydi Saviola.
Fikrlar