Sautgeyt SHveycariyaga qarshi o'yinda Angliyaning taktikasini o'zgartirishi mumkin
04 iyu 2024 19:01
Yangiliklar
Sautgeyt SHveycariyaga qarshi o'yinda Angliyaning taktikasini o'zgartirishi mumkin
Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt Evro-2024 chorak finali doirasida SHveycariyaga qarshi bellashuvda jamoasi taktikasini o'zgartirishi mumkin.
Guruh va 1/8 final bosqichida inglizlar muxlislar kutgan o'yinni namoyish qila olmadi va ko'plab tanqidlarga sabab bo'ldi. Bo'lajak bahsda murabbiy 4 nafar emas 3 himoyachi bilan o'ynashi mumkin. Fil Foden esa markazroqqa surilib, Jud Bellingem bilan bog'lam hosil qilishi kutilmoqda.
Mark Gexi kartochkalari ko'payib ketgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi, uning o'rnini katta ehtimol bilan Ezri Konsa egallaydi. Kayl Uoker ham himoya markaziga ko'chishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar