Sautgeyt Keynning pokeridan so'ng: "Agar uni yana maydonda qoldirsam, Runilar oilasidan qo'ng'iroq bo'lardi"
16 noy 2021 09:10
Yangiliklar
Sautgeyt Keynning pokeridan so'ng: "Agar uni yana maydonda qoldirsam, Runilar oilasidan qo'ng'iroq bo'lardi"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt San-Marinoga qarshi o'yindan so'ng (10:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"JCH-2022da o'ynash huquqi safarda qo'lga kiritildi - Budapesht, Varshava va Angliyada. Yaxshi yil uchun futbolchi va xodimlarga rahmat aytaman.
Qanday darajadagi raqiblarga qarshi to'qnash kelish borasida biz xech qanaqa tasir ko'rsata olmaymiz. Ammo har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorlanamiz.
Agar Garri Keynni yana yarim soat o'ynatganimda, bizga Runilar oilasidan qo'ng'iroq bo'lardi.
Garri noyob hujumchi, unga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bergandik va u buni uddaladi", - dedi Sautgeyt.
Malumot uchun, Ueyn Runi 53 ta gol bilan Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Keynning gollari soni esa 48 taga etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar