So’nggi yangiliklar

10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  0 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  1 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  4 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   32 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   2 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   4 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  11 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  177 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  5 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Himoyada tartibli va kuchli o'yin namoyish eta oldik" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Himoyada tartibli va kuchli o'yin namoyish eta oldik"

U-23 Osiyo Kubogi final bellashuvidan so'ng Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Sadd Al SHehri va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Feras Al Baykan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Jamoamiz va bizning g'alabamizni kutgan barchani muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bu finalga xos va kutilgan holat. Muxlislar mezbon jamoani ajoyib qo'llab-quvvatlab turdi. SHunday bo'lsa ham, o'yinchilarim oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman", – dedi murabbiy.

"Biz uchun juda qiyin bo'ldi. Yutishimiz lozim bo'lgan uchrashuvda oldimizga qo'yilgan maqsadga eta oldik. CHempionlik bilan barcha jamoadoshlarim, murabbiylar va yaqinlarimizni tabriklab qolaman", – dedi futbolchi.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston termasi juda kuchli shakllangan. Mezbonlar Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida ajoyib jamoa tuzgani ko'rinib turibdi. O'z navbatida, biz ham endi bor etiborimizni kelgusi ushbu yosh toifasidagi musobaqaga qaratib, Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

- Jamoangiz gol o'tkazmay chempion bo'lgani haqida nima deya olasiz?

- Avvalo, bularning barchasi Yaratgandan. Qolaversa, himoyada tartibli va kuchli o'yin namoyish eta oldik. Raqibga qarshi zamonaviy futbolning barcha yo'nalishlari bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика