So’nggi yangiliklar

00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  116 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  44 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  7 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  8 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  181 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  21

Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz sababli turnirni erta tark etdik" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz sababli turnirni erta tark etdik"

Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Solih Almuhammadiy Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida...

- Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik, yigitlar maydonda qoniqarli harakat qilishdi, lekin natijaga erisha olmadik. Uchrashuv davomida ko'pgina vaziyat yaratdik, biroq ularni golga aylantira olmadik. Vaziyatlarni golga aylantira olmaganmiz sabab turnirni erta tark etayapmiz, agar Xitoy bilan bo'lgan uchrashuvda imkoniyatlardan foydalana olganimizda, bugun keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lardik. Ikkita penalti belgilanishi kerak bo'lgan vaziyat yuzaga kelgandi, biroq hakam boshqacha qaror chiqardi.

- So'nggi ikki o'yinda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz sabab turnirni tark etyapmiz, dedingiz. Ko'pgina jamoalarning murabbiyi ham shu sababni keltirishyapti, buni qanday izohlaysiz?

- Futbolchilarning yoshi bunga sabab deb o'ylayman, ularda tajriba deyarli yo'q va shu sabab ular muhim pallalarda o'zini yo'qotib qo'yishmoqda.

- Jamoangizning turnirdagi ishtiroki haqida fiklaringizni aytib o'tsangiz.

- Ishonamanki, ushbu tarkib hali o'zini ko'rsatadi, bizning futbolchilar hali juda yosh va ular o'z klublarida kam o'yyn amaliyotiga ega bo'lishmoqda, qolaversa, ularda sovuqqonlik yo'q. Xitoy terma jamoasiga mag'lub bo'lganimiz bizga qimmatga tushdi, ular bizni yaxshi o'rganib chiqishgan ekan. Bir qancha futbolchilarimiz turnirda bizga yordam bera olishmadi, bunga sabab sifatida ular to'p tepadigan klublarga futbolchilarga ruxsat bermaganligini keltirish mumkin.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика