So’nggi yangiliklar

16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  5 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  4 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  3 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  25 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  9 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  75 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  20 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  7 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  3

Saudiya Arabistoni bilan 10-to'qnashuv Yangiliklar

Saudiya Arabistoni bilan 10-to'qnashuv

Bugun O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin Melburn shahridagi stadionda bo'lib o'tadi.
Dastlabki turda KXDRni mag'lub etgan terma jamoamiz ikkinchi turda Xitoyga yutqazib qo'ydi. Saudiya Arabistoni esa ilk turda xitoyliklarga mag'lub bo'ldi, keyin KXDR 4:1 hisobida dog'da qoldirildi.

Saudiya Arabistoni uchun bu yilgi musobaqa 9-Osiyo Kubogi sanaladi. Ushbu jamoa o'z tarixida uch bor Osiyoda tengsiz bo'lgan (1984, 1988, 1996 yillarda). O'zbekiston oltinchi bor qita chempionatida ishtirok etmoqda. Jamoamizning eng yaxshi natijasi 2011 yil Qatarda qayd etilgan. O'shanda O'zbekiston yarim finalga qadar etib borib musobaqada to'rtinchi o'rinni band etgandi.

Bu ikki jamoa barcha musobaqalarda o'zaro 9 marta to'qnash kelgan. O'zbekiston uch marta g'alabaga erishgan, bir marta durang qayd etilgan bo'lsa Saudiya Arabistoni hisobida 5 g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham arablar ustun - 20:10.

Ushbu jamoalar hozirga qadar Osiyo Kubogida 3 marta o'ynashgan. Vakillarimiz bir marta raqibni mag'lub etgan. Ikki uchrashuvda esa Saudiya Arabistonining qo'li baland kelgan.

Etiborli malumot, arablar musobaqada urgan to'rttala golni ham raqib jarima maydoni ichidan urishgan. O'zbekistoning ikki golidan biri jarima maydoni tashqarisidan urildi.

Termamizda aniq zarba berish bo'yicha Tursunov va Rashidov peshqadam - 2tadan aniq zarba. Eng ko'p pasni Aziz Haydarov bergan - 143ta. Jeparov eng ko'p 9 marta havodan to'p uzatgan.

Saudiya Arabistonida eng ko'p aniq zarba bergan futbolchi Navaf Al Obid (3ta). Al Faraj 151 marta pas bergan. Naif Hazazi 2 marta o'yindan tashqari holatga tushib qoldi. Havodan to'p uzatish borasida ham Al Obid peshqadam (9ta).

Dastlabki ikki turda Saudiya Arabistoni tarkibida Said Al Muvallad, Mustafo Al Bassas, Salman Al Faraj sariq kartochka olishdi. O'zbekistondan esa Akmal SHorahmedov va SHavkat Mullajonovda ogohlantirish bor. Ushbu futbolchilar uchinchi turda ogohlantirilsa chorak finalni o'tkazib yuborishadi.

Osiyo Kubogi. "B" guruhi
3-tur. 18 yanvar
O'zbekiston - S.Arabistoni
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Mettyu Krim, Pol Getrangolo (ikkalasi - Avstraliya)
Zaxira hakami: Ammar Ali Al Junaybi (BAA)
Nazoratchi: Xani Tolib Ballan (Qatar)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика