Sarri "Yuventus"ga "CHelsi"dagi shogirdini olib kelmoqchi
04 sen 2019 13:38
Yangiliklar


Sarri "Yuventus"ga "CHelsi"dagi shogirdini olib kelmoqchi
"CHelsi" yarim himoyachisi Villian A Seriya klubiga o'tishi mumkin.
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Villianni yanvarda Turinga olib kelmoqchi.
31 yoshli braziliyalik o'yinchining "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi tugab bormoqda va u endilikda boshqa klub bilan muzokara olib borishi mumkin.
Aynan shu vaziyatdan "keksa sinora" foydalanib ketishi mumkin. SHunday qilib Villian "Yuve"ga tekinga o'tish ehtimoli yo'q emas.
Braziliya terma jamoasi futbolchisi "aristokratlar" safida 2013 yildan beri to'p tepmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar