So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Sardorbek Azimov: "Qo'qon-1912"da ahil jamoa shakllandi. Maqsadimiz esa tarix yaratish edi" Yangiliklar

Sardorbek Azimov: "Qo'qon-1912"da ahil jamoa shakllandi. Maqsadimiz esa tarix yaratish edi"

Baxtiyor Ashurmatov ustozligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi uchun yaqinda yakuniga etgan Superliga bahslari omadli o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Boisi, qo'qonliklar ushbu mavsumda nafaqat o'yin tomonlama balki, natija borasida ham avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko'rsatkich qayd etishdi. Jamoa 2019 yil 11-pog'onani egallagan bo'lsa, bu mavsumda katta o'sishga erishgan holda olti pog'ona yuqoriladi va yakunda kuchli beshlikdan o'rin oldi. Bunday jamoa O'zbekiston kubogida ham uzoqroqqa borishni ko'zlashi tabiiy. Biz esa kubok bahslari boshlanishidan oldin "Qo'qon -1912"ning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shib kelayotgan futbolchi Sardorbek Azimovning fikrlariga quloq tutdik. 

- "Qo'qon-1912" uchun bu yilgi Superliga har doimgidanda muvafaqqiyatli o'tdi. Jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashdi, raqobatchilarga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. Sizda ham yakunlangan Superligadan o'zgacha taassurotlar qolgan bo'lsak kerak...

- Albatta, joriy yilgi Superliga bahslari biz uchun ajoyib g'alabalarga boy tarzda o'tdi. Murosasiz kechgan o'yinlardan keyingi g'alaba, hissiyotlarni pulga sotib olib bo'lmaydi. Alamli mag'lubiyatlar ham bo'ldi. Ayniqsa ayrim futbolchilarimiz og'ir jarohat olib safimizdan chiqishdi. SHohnazar Norbekov, Suhrob Berdievlarning g'alabalari dilni hira qilgani rost. Mana u kunlar o'tib davolanib safimizga qaytishmoqda. 

- Klubning muvaffaqiyatlari ahil va inoq jamoa yig'ilgani sabab qo'lga kiritildimi? AGMK, "Bunyodkor", "Lokomotiv" kabi jamoalardan ochko tortib olishni uddasidan chiqdinglar.

Jamoaning ahilligiga murabbiylar shtabini sabab sifatida ko'rsatgan bo'lar edim. Ular bizlarning har bir o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz uchun anchagina mehnat qilishdi. Jamoa rahbari pandemiya paytida ham maoshlarimizni vaqtida berib turdi. Murabbiylar maydonda jang qilishimizni, ohirigacha kurashishimizni va uning har bir qarichi uchun borimizni berishni singdirishdi.

- Sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishga juda yaqin keldi jamoa...

Aslida maqsadimiz ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borish va "Qo'qon-1912"ning tarixini yaratish edi. "Nasaf"ga 0:1 hisobida engilganimizdan so'ng imkoniyatlarimiz pasayib ketdi. O'zimizning xatolarimiz sabab medallar uchun kurashdan chiqib ketdik. 

- Faoliyatingizdagi mavsumlar orasida bu yilgisini ajratib ko'rsata olasizmi?

- Futbolchi sifatida bu yil men uchun qiyin o'tdi. Uchinchi turdan so'ng pandemiya sabab katta tanaffus yuzaga keldi. 2020 yilgi Superligani kurashchan va ahil jamoa bilan o'tkazganimdan xursandman. 

- Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida to'p tepish davomida qaysidir kamchiliklaringizni va xatolaringizni bartaraf etgan holda o'sishga erisha oldingizmi?

- Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi jamoada birinchi marotaba o'ynadim. To'g'risi Baxtiyor aka ochiq ko'ngil inson. Kamchiliklar va xatolar bo'lsa yuziga aytadi. Futbolchilik faoliyatlarida ham kurashuvchan bo'lganlar. Ulardan har qanday holatda ham to'xtab qolmasdan kurashish kerakligini o'rgandim.

- Ertadan kubok bahslariga start beriladi. Odatda dekabr oyida jamoalarimiz dam oladi va tiklanishga etibor qaratardi...

- Baxtiyor akani kuboklardagi tajribalari katta. Buni AGMK jamoasi orqali isbotlaganlar. Endilikda buni "Qo'qon-1912"da takrorlamoqchimiz. Albatta, muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch beradi. Ulardan birinchi galda o'zlarini va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini so'rab qolaman. SHundagina jamoamizga butun vujudlari bilan muxlislik qila olishadi. Qo'qonda jonkuyar muxlislar juda ham ko'pchilikni tashkil qiladi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика