So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  3 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Sardor Sotvoldiev: "Musobaqa jadvalida birinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi" Yangiliklar

Sardor Sotvoldiev: "Musobaqa jadvalida birinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi"

Teglar :  SHo'rtanIstiqlol
PRO-Liga 8-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng o'yin taqdirini hal qilgan yagona gol muallifi Sardor Sotvoldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi uchrashuv biz uchun qiyin kechishini bilardik, shundan kelib chiqqan xolda o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamizning barcha azolari o'zlariga yuklatilgan vazifani alo darajada bajarishdi deb o'ylayman.

O'ylaymanki, tarkibimizga yangi jalb etilgan futbolchilar jamoamizni tark etgan futbolchilar o'rnini to'ldira olishadi. Ularga bizning uslubimizga moslashib ketishlari uchun bir oz vaqt kerak, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz.

Musobaqa jadvalida birinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi. SHunchaki mavsumning qolgan barcha o'yinlarida g'alaba qozonishimiz shart, barchasi o'z qo'limizda. Nasib bo'lsa klubimiz rahbariyati hamda jamoamiz muxlislarini xursand qiladigan natijaga erishamiz deb o'ylayman. Bizdan talab qilinadigani maydonda borimizni berib harakat qilishimiz kerak.

Bugungi uchrashuvdagi g'alaba bilan barcha jamoamiz azolari hamda muxlislarimizni tabriklayman" - deydi Sotvoldiev.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика