So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Sardor Rashidov: "Qatar SK”ga o'tishimda eski tanishlarimning hissasi katta bo'ldi" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Qatar SK”ga o'tishimda eski tanishlarimning hissasi katta bo'ldi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov kuni kecha “Qatar SK” klubi azosiga aylandi.

Bunga qadar Portugaliyaning “Nasonal” klubi safida o'ynab kelayotgan mahoratli o'yinchi yana o'z faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradigan bo'ldi. 28 yoshli futbolchi O'FA rasmiy saytiga yangi jamoasidagi ilk taassurotlari va rejalari xususida gapirib berdi.

- Portugaliya chempionatida o'ynash orqali Evropa futboli havosidan nafas olishga erishdim va bundan xursandman. Ana endi bor diqqat-etiborimni “Qatar SK” bilan muvaffaqiyatlarga erishish va grand klublarga etarlicha qarshilik ko'rsatishga qarataman.



Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig'in o'tkazmoqda. Ushbu yig'in 8 avgust kuni yakuniga etadi. Hali bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushamiz. Maqsadimiz – imkon qadar tezroq yaxshi formaga kirish. Zero yaqinda Qatarda yangi mavsum start oladi.

Qatarda mazmunli o'yin ko'rsatish orqali o'zimga yanada ishonch olib, terma jamoamizga yaqinda boshlanadigan saralash bahslarida yordam berishga harakat qilaman.

Qatar chempionati men uchun begona emas, bu erda to'p surishni rosti sog'ingan edim. “Qatar SK”ga o'tishimda ilgari men faoliyat olib borgan “Al Jaish”dagi tanishlarimning ham hissasi katta bo'ldi. Nasib etsa, ushbu klub safida mazmunli o'yin namoyish etishga harakat qilaman, - dedi futbolchi.

Takidlab o'tamiz, jizzaxlik yarim himoyachi faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Al Jaish” (Qatar), “Al Jazira” (BAA), “Lokomotiv”, “Nasonal” (Portugaliya) klublari safida faoliyat olib borishga ulgurgan.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика