Sardor Rashidov nega "Nasonal" o'yinlarida maydonga tushmayapti?
06 may 2019 15:08
Yangiliklar
Sardor Rashidov nega "Nasonal" o'yinlarida maydonga tushmayapti?
Kuni kecha, "Nasonal" klubi chempionatning 32-turi doirasida "Gimaraesh" mehmoni bo'ldi va so'nggi daqiqalardagi urilgan goli evaziga 1 ochkoga ega bo'ldi.
Ushbu bahsda Rashidov maydonga tushmadi, u xatto o'yin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida 27 yoshli hujumchimiz bilan bog'landik.
— Nima uchun so'nggi uch o'yindan beri maydonga tushmaganingiz sababini aytib o'tsangiz...
— Hozir O'zbekistondaman. Viza bo'yicha bir qancha muammo yuzaga keldi, shuning uchun klubdagi o'yinlarda maydonga tushmayapman. Bu mavsum boshqa o'ynamayman.
— Joriy mavsum jamoangizni ligada jon saqlab qolish imkoniyati qanday?
— Fikrimcha, bu mavsumda klubim Portugaliya quyi ligasiga tushib ketish ehtimoli yuqori.
— Jamoangiz quyi ligaga tushib ketadigan bo'lsa, "Nasonal"dan ketasizmi?
— Agar shunday bo'lsa, boshqa klub safiga o'tib ketishim mumkin.
— Qaysi jamoalardan taklif bo'layotganini ayta olasizmi?
— Takliflar bo'lmoqda. Lekin, aynan qaysi davlatlardan takliflar bo'layotganini hozircha ayta olmayman. Mavsum tugaganidan keyin bir to'xtamga kelaman.
— Osiyo kubogi-2015da ko'rsatgan o'yiningizni namoyish etish uchun qaysi omillar sizga to'sqinlik qilmoqda?
— O'ylashimcha, hech narsa menga halaqit qilmayapti. Ayni vaqtda alohida o'zim mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilyapman.
— Endigi rejalaringiz haqida ikki og'iz muxlislaringiz uchun aytadigan gapingiz bo'lsa marhamat...
— Men Portugaliyaga kecha kelib qolganim yo'q. "Nasonal"ga kelganimdan so'ng, o'yinim o'xshamagan uchrashuvlar ko'p bo'ldi. Mana shunday paytda meni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun ularga alohida rahmat aytaman.
— Sizga ham rahmat! Biz sizga ishonamiz, muvaffaqiyat hamrohingiz bo'lsin!
— Rahmat!
Nodir Abdurasulov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar