So’nggi yangiliklar

16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  4 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  6 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  16 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3

Sardor Rashidov: "Jarohatim yanada jiddiyroq deb o'ylagandim" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Jarohatim yanada jiddiyroq deb o'ylagandim"

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Rashidov Superliganing 25-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Buxoro"ga qarshi o'yin uchun tayyogarlik yaxshi bo'lmoqda. Bu bahs biz uchun juda ham muhim. G'alaba bizni chempionlikka yanada yaqinlashtiradi. Futbolchilar o'yinga tayyor holatda. Bo'lajak o'yinda bor kuchimiz bilan maydonga tushamiz.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda olgan jarohatim hozirda ancha yaxshi bo'lib qolgan. Jamoaning navbatdagi o'yinlariga tayyor bo'laman. Qolaversa oldinda milliy termaning o'yinlari kutib turibdi. SHuningdek, "Lokomotiv" Superliga doirasida "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalariga qarshi kuchli o'yinlar kutib turibdi. Ushbu bahslarga tayyor bo'lib, jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Jarohat jiddiy bo'lgandi. Ko'proq muddatga safdan chiqqan bo'lsam kerak deb o'ylagandim. SHifokorlar bilan ancha harakat qilib, buni tezroq davolashga harakat qildik. Hozirda yaxshi holatdaman. SHuning uchun ham jamoaga qo'shilib yugurishni, keyingi o'yinlarga tayyorlanishni boshladim.

13 oktyabr kuni KXDR termasiga qarshi bahs olib boramiz. Bu terma juda ham yaxshi saviyada. SHaxsan o'zim KXDR termasiga qarshi ikki-uch marta o'yin o'tkazganman. Qo'ldan kelgancha harakat qilib, g'alaba qozonishga va muxlislarning, yangi bosh murabbiyimiz Ektor Kuperning yuzini yorug' qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика