So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Sardor Qobuljonov: “Har bir o'yin biz uchun xuddi final kabi o'tmoqda” Yangiliklar

Sardor Qobuljonov: “Har bir o'yin biz uchun xuddi final kabi o'tmoqda”

Davralar oralig'ida “Buxoro” safiga kelib qo'shilgan Sardor Qobuljonov oliy liganing 21-turidan so'ng “championat.asia” saytining talqiniga ko'ra, ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

SHu munosabat bilan 29 yoshli posbondan intervyu oldik

- “Olmaliq” bilan uchrashuv haqida nima deyishim mumkin? Bilasizmi ushbu o'yinda biz yutishimiz ham mumkin edi yoki aksincha bo'lishi hech gap emasdi. CHunki har ikki jamoada ham bir qator golli imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo yakunda hisob 1:1 ko'rinishi bilan tugadi. 

- O'tkazib yuborilgan golda o'zimni aybdor deb bildim. O'sha vaziyatda xatoga yo'l qo'yganimni keyinchalik tushunib etdim. Ammo kech edi. 

- Ikkinchi davrani “Buxoro” deyarli yangilangan tarkib bilan o'tkazmoqda. Avvaliga 1-2 tur futbolchilar bir-birimizni tushunishimiz qiyin bo'ldi. Lekin bugungi kunda hammasi yaxshi deb o'ylayman. 

- Albatta “Buxoro”ni elitada olib qolamiz. Har xolda hamma shu maqsad yo'lida birdek xarakat qilmoqda. Jamoada yaratilgan sharoitlar yaxshi. Faqat o'ynab, ko'proq ishlash kerak. Murabbiylar shtabi ham astoydil ter to'kmoqda. 

- Ha, keyingi turda o'z maydonimizda “Qo'qon-1912”ni qabul qilamiz. Bilasizmi biz uchun har bir bahs huddi finaldek o'tmoqda. Oliy ligada qolish uchun har bir o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritish kerak bo'ladi. Nasib qilsa, maqsadimizga erishamiz deb umid qilaman. 

- “championat.asia” sayti va unda berib boriladigan ramziy terma jamoani kuzatib boraman. Ochig'i, 21-turdan so'ng ramziy terma jamoadan o'rin olishimni kutmagandim. CHunki “Olmaliq” bilan bahsda u darajada yorqin o'yin namoyish etdim deya olmayman. Boshqalarni bilmadim-ku, lekin o'zimning xarakatlarimdan shu kuni ko'nglim to'lmadi. Biroq bu men uchun juda quvonchli bo'ldi. Sayt xodimlariga cheksiz minnatdorchiligimni bildirib qolaman. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика