Sardor Azmun: "O'zbekistonda eng katta orzularimdan biriga erishdim"
22 noy 2023 12:59
Yangiliklar
Sardor Azmun: "O'zbekistonda eng katta orzularimdan biriga erishdim"
28 yoshli futbolchi mazkur bahsda terma jamoasini sardorlik bog'ichi ostida maydonga boshlab tushdi.
"Professional futbol bilan shug'ullana boshlaganimda, katta orzularim bor edi. Birinchisi va eng muhimi, terma jamoa libosini kiyish edi. Jahon chempionati va Osiyo kubogida ishtirok etish keyingi maqsadlarimdan biri edi va bunday lahzalarni boshdan kechirdim. O'zbekistonga qarshi bahsda esa masuliyatli sardorlik bog'ichini taqishga muvaffaq bo'ldim. Bu men uchun sharaf, bu bog'ichda buyuk futbolchilar o'ynagan. Sardorlik bog'ichi maqsadim emas, biroq buni orzu qilmaganman deya olmayman. Bu holat Toshkentda ro'y berdi. Bundan xursandman. Buning masuliyati og'ir bo'lsa-da, hayotimdagi ijobiy voqealardan biri bo'ldi. Menga ishongan barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman", dedi "Roma" forvardi.
Eslatib o'tamiz, 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Azmun golli uzatma amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar