So’nggi yangiliklar

22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  0 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  4 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  6 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  1 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9

Sanjar SHoahmedov: "Eng birinchi maqsad OCHLni ijobiy natija bilan boshlash" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Eng birinchi maqsad OCHLni ijobiy natija bilan boshlash"

"Lokomotiv" klubi mavsumlar oralig'ida o'z safiga "Olmaliq" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedovni qo'shib oldi. Biz yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.
"Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishni istaganim uchun "Lokomotiv"ga o'tdim. Eng birinchi maqsadimiz OCHLni ijobiy natija bilan boshlash. Undan keyin oliy liga va kubokka etibor qaratamiz", - deydi SHoahmedov.

- Xorijiy yig'inlar haqida nima deya olasiz?
- Xorijda ikkita yig'in tashkil etildi. Bu yig'inlar doirasida bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. Kuchli klublarga qarshi bahslar orqali mavsumga tayyorgarlik ko'rdik. Bu albatta o'z samarasini beradi.

- Jamoaga Temur Kapadze va legionerlar talkif etildi. Ular haqida qanday fikrdasiz?
- Temur Kapadzeni ortiqcha tanishtirib o'tish shart emas. O'zbekiston terma jamoasida maydonga tushish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Uning tajribasi albatta jamoamizga as qotadi. Undan tashqari hujumchi (Ruslan Koryan) va yarim himoyachi (Nemanya Yanichich) ham tarkibga qo'shildi. Yana bir nafar himoyachi safimizga qo'shilishi kerak. Albatta, ulardan ham yaxshi o'yin kutamiz.

- Ignatiy Nesterovning jiddiy jarohat olganini eshitdik. Bu jamoaga qanchalik tasir qildi?
- Nesterov juda kuchli darvozabon, buni hamma biladi. O'zbekiston terma jamoasining asosiy posboni. Uning jarohati albatta barchamizni ranjitdi. Biroq tarkibimizdagi qolgan darvozabonlar taqdim etilgan imkoniyatdan foydalanib o'zlarini ko'rsatishga urinishadi, bu aniq.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика