So’nggi yangiliklar

20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  7 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  1 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор" 0:3 (матнли трансляция)  114 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  8 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Sanjar SHoahmedov: "Bunyodkor" taklif bilan chiqqan edi" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Bunyodkor" taklif bilan chiqqan edi"

Kecha bo'lib o'tgan "Olmaliq" hamda "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng olmaliqliklar yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedovni suhbatga chorladik.
- Avvalo o'yin haqida fikringiz?
- Yakuniy hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa ham, o'yin qiyin o'tdi. Biz murabbiy belgilab bergan taktika bo'yicha o'ynadik. Bundan tashqari, ketma-ket ikkita tezkor gol urganimiz jamoaga foyda bo'ldi. Ana shu gollardan keyin hotirjam o'z o'yinimizni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik.

- Sizni "Bunyodkor" yig'inga chaqirgan edi. SHu masala nima bo'ldi?
- Haqiqatdan ham birinchi davra yakuniga etgach, "Bunyodkor" jamoasi menga taklif bilan chiqdi. Ikkala klub murabbiylari muzokaralar ham olib borishdi. Lekin, yakunda "Olmaliq"da qoladigan bo'ldim.

- Boshqa jamoalardan taklif bo'lmadimi?
- Yana bir nechta jamoalar taklif bilan chiqishdi, lekin aniq taklif bilan faqat "Bunyodkor" chiqdi. Hozircha, klub bilan shartnomam o'z nihoyasiga etmagani uchun ham aniq takliflar kam bo'ldi.

- "Olmaliq" bilan tuzgan shartnomangiz qachongacha mo'ljallangan?
- Mavsum oxirida shartnoma tugaydi. Jamoada qolish yoki qolmasligimni vaqt ko'rsatadi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика