"Santos"ning quyi divizionga tushib ketganidan g'azablangan muxlislar g'alayon ko'tarishdi
10 dek 2023 18:33
Yangiliklar
"Santos"ning quyi divizionga tushib ketganidan g'azablangan muxlislar g'alayon ko'tarishdi
"Santos" klubining Braziliya chempionati tarixida ilk marotaba A Seriyadan B seriyaga tushib ketishi natijasida klub muxlislari tomonidan norozilik namoyishi uyushtirildi.
Jamoa so'nggi turda o'z maydonida "Fortaleza"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va chempionatda 17-o'rinni egallagan holda quyi ligaga ravona bo'ldi.
G'azablangan "Santos" muxlislari hakamning so'nggi hushtagi chalinmasidanoq stadionga turli buyumlarni uloqtirishni boshladi. Norozilik ko'chalar bo'ylab davom etdi.
Keskinlikni bartaraf etish uchun policiya flesh-bomba va ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Hatto vertolyot, harbiylar va policiya otliqlari jalb etilgan.
Eslatib o'tamiz, 1912 yilda asos solingan "Santos" Braziliyaning eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan ikkinchi jamoasi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar