So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

Sankt-Peterburg stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

Sankt-Peterburg stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Teglar :  JCH-2018
Bugun Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan arenalarning so'ngisi Sankt-Peterburg stadioni haqida malumot berib, ushbu ananamizga yakun yasaymiz.

•JCH-2018ning 7ta o'yini va 3-o'rin uchun kechadigan bahs «Sankt-Peterburg stadioni»da bo'lib o'tadi;
•Arena o'tgan yili FIFA-2017 Konfederaciya Kubogining asosiy stadioni bo'lib xizmat qildi;
•Stadion «Zenit» klubining uy arenasi hisoblanadi.

O'yinlar

«Sankt-Peterburg stadioni»da Jahon CHempionatining 7ta o'yini, shuningdek, 1/8 final uchrashuvlari, yarim final va 3-o'rin uchun kechadigan bahs o'tkazilishi rejalashtirilgan. 15 iyun kuni Marokko va Eron Islom Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv turnirni ochib beradi.

Imkoniyatlari

Mundial vaqtida «Sankt-Peterburg stadioni»ga 67 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.

Joylashgan o'rni

Sankt-Peterburg shahridagi yangi arena "Kirov" nomidagi stadion o'rnida qad rostlagan. Sobiq Sovet Ittifoqi davridagi "Kirov" 110 000 tomoshabinga mo'ljallangandi. Yangi arena tufayli Krestovskiy orolidagi transport infrastrukturasiga ijobiy tasir o'tkazdi: 2018 yil «Novokrestovskaya» metro bekati ochilgan, 2017 yilda esa Primorskiy orolining janubiy qirg'og'i bilan bog'laydigan piyodalar o'tish ko'prigi qurilgan.    

Bilasizmi?

Ushbu stadionni qurish uchun o'tkazilgan tanlovda mashhur yaponiyalik arxitektor Kisyo Kurosava g'olib bo'lgan edi. Loyihaga ko'ra, arenaning tashqi ko'rinishi fazoviy kemani yodga soladi. O'ziga xos ko'rinishga ega «Sankt-Peterburg stadioni»da nafaqat futbol o'yinlarini, balki boshqa ko'ngilochar tadbirlarni ham o'tkazish mumkin. Uning yana bir jihati shundaki, qaxraton qishda ham, erta bahorda ham, arena ichki harorati +20 gradusni tashkil etadi.      

Dastlabki o'yinlar

«Sankt-Peterburg stadioni» 2017 yil o'z faoliyatini boshlagan. U erda ilk bor FIFA-2017 Konfederaciya Kubogining o'yinlari bo'lib o'tgan. O'shanda Yoaxim Lev qo'l ostidagi Germaniya terma jamoasi CHili termasi ustidan g'alaba qozongandi. 2017 yil noyabr oyida Rossiya va Ispaniya termalari (3:3) o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi bo'lib o'tgan. 2018 yil martda esa rossiyaliklar Franciya terma jamoasini (1:3) aynan shu arenada qabul qilgandi.

Meros

Jahon CHempionatidan so'ng, stadion «Zenit» futbol klubining uy arenasi bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, Rossiya milliy terma jamoasi vaqti-vaqti bilan bu stadionda o'z o'yinlarini o'tkazib turishi mumkin. SHuningdek, guruh bosqich o'yinlari va UEFA EVRO-2020 chorak finali ham aynan shu arenada bo'lib o'tadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика