So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Sanjar SHoahmedov: “Oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishimni kutmagandim” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishimni kutmagandim”

O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining aniqlash so'rovnomasi avgust oyi bo'yicha ham o'tkazildi.

Unga ko'ra “Eng yaxshi futbolchi” deya OAV xodimlari Sanjar SHoahmedovni munosib ko'rdi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi azosi haqiqatdan ham qisqa muddat ichida, yorqin o'yinlari evaziga muxlisu-mutaxassislarning etiborini o'ziga torta oldi. Yil boshida “temiryo'lchilar” safiga kelib qo'shilgan SHoahmedov uchun umuman olganda, mavsum ijobiy o'tmoqda deyish mumkin. Boisi Sanjar yangi jamoasiga tez moslashib ketish bilan bir qatorda, asosiy tarkibning muhim bir azosiga ham aylana oldi. Kuni-kecha SHoahmedovdan bu haqida intervyu oldik.

- To'g'risi, avgust oyining “Eng yaxshi” futbolchisi bo'lishimni kutmagandim. Bu men uchun quvonchli va shu bilan birga kutilmagan xabar bo'ldi. Bu haqda birinchi bo'lib, yaqin do'stimdan eshitdim. U ham saytda o'qib qolgan ekan. Keyin menga aytib qoldi. Boshida ishonmagandim, ochig'i. Keyin o'zim kirib o'qidim va bunga amin bo'ldim.

- O'zimga qolsa kimga ovoz bergan bo'lardim? (Biroz o'ylanib) To'g'risi, bu borada bir narsa deyish qiyin. Kimgadir ovoz berib, boshqasini ranjitib qo'yishni istamasdim. SHuning uchun yaxshisi bunga mutaxassislar va muxlislar ovoz bergani maqul.

- Haqiqatdan ham avgust oyi men uchun ajoyib o'tdi deya olaman. Negaki, jamoam ishtirokidagi o'yinlarda qatnashdim va milliy terma jamoadan ham chaqiruv oldim. Bir necha gollar urdim. Taqdirimdan nolimayman. Umid qilamanki bu men uchun cho'qqi bo'lib qolmaydi va kelgusida ham yanada yaxshiroq bo'lishga intilaman – deydi Sanjar SHoahmedov.

Islombek Rustambekov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика