So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Sanjar SHoahmedov: "Lokomotiv"ga hech nima bo'lmadi" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Lokomotiv"ga hech nima bo'lmadi"

Kecha Toshkentning "Lokomotiv" klubi safarda "Al Vahda" mehmoni bo'ldi va yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "temiryo'lchilar" futbolchisi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalam bor g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu bahsda g'alaba qozonish "Lokomotiv" uchun qanchalik qiyin bo'ldi?

-  G'alaba bilan tabriklagan barcha muxlislarimizga rahmat aytaman. "Al Vahda" bilan o'yinda ortga yo'l yo'q edi. Bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. OCHL musobaqasida ham superliga bahslarida ham hech qanday natija qayd etmayotgan edik. Barcha murabbiylar shtabi va futbolchilar maydonda borimizni berib harakat qilamiz degan maqsadda o'yin olib bordik. Yakunda maqsadimizga erishdik.

- Bu safar ham yirik hisobda g'alaba qozondinglar. Raqib jamoa zaif o'yin ko'rsatdimi yoki "Lokomotiv" kuchli o'ynadimi?

- "Al Vahda"ga qarshi uchrashuv uchun ularning o'yinlarini ko'p bor tahlil qildik. Qaysi futbolchi maydonda qanday harakat qilishini kuzatib bordik. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Murabbiylarimiz bizga to'g'ri ko'rsatma berdi va futbolchilar borini berib o'ynadi. shuning uchun ham g'alaba qozondik, deb o'ylayman.

- Balaj Djudjak maydonga tushmagani "Al Vahda" uchun qiyin bo'ldimi?

- Balaj Djudjak "Al Vahda"ning etakchi futbolchisi hisoblanadi. Ushbu futbolchini barcha yaxshi biladi, juda ham kuchli futbolchi. Bunday futbolchining "Al Vahda"ga yordam bera olmagani jamoa uchun qimmatga tushdi, deb o'ylayman. Agarda Djudjak maydonga tushganida "Al Vahda"ga yordam bergan bo'lardi.

- "Al Duhail" jamoasi "Zoboxan" bilan uchrashuvda g'alaba qozondi va qaysidir manoda sizlarga yordam berib yubordi. Bunday qanday fikr bildira olasiz?

- Biz "Al Vahda"ni mag'lub etib "Zobohan" "Al Duhail"ni mag'lub etganda taqdirda biz o'z uyimizda "Zobohan"ni mag'lub etishimiz kerak bo'lardi. "Al Duhail" g'alaba qozonib biroz bo'lsada bizga yordam bergan bo'lishi mumkin. "Al Duhail" mag'lub bo'lganida biz o'z uyimizda "Zobohan"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishimiz kerak bo'lardi. Hozir esa bizni "Zobohan" bilan bo'ladigan o'yinda istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtiradi. SHu tomondan "Al Duhail" bizga yordam berdi.

- OCHLda keyingi o'yinni Aliboev o'tkazib yuboradi. Bu jamoa uchun jiddiy yo'qotishmi? 

- Bu futbol. Futbolda sariq, qizil kartochkalar bo'lib turadi. Aliboev ham ataylib sariq kartochka olmadi. Albatta, Aliboevning "Zoboxan"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasligi biz uchun katta yo'qotish.



- OCHL Guruhinglardagi raqiblar Lokomotiv uchun kuchli edimi?

- "Lokomotiv" OCHLdagi barcha jamoalarni hurmat qilib maydonga chiqadi. Guruhimizdagi barcha jamoalar Osiyoda o'z o'rniga ega kuchli jamoalar. Biz kuchli guruhdan joy olganmiz.

- Lokomotiv ichki chempionatda 2ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. "Al Vahda" bilan o'yinda g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonish uchun qandaydir kuch beradimi?

- Qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba keyingi o'yinlarda ham bizga ancha kuch beradi, deb o'ylayman. Nasib qilsa kelasi o'yinlarda muxlislarimizga g'alabalarimizni taqdim etamiz.

- Oxirgi paytlarga "Lokomotiv"ga nima bo'layotgan edi?

- Bu futbol. Kimdir g'alaba qozonadi yana kimdir mag'lub bo'ladi. "Lokomotiv"ga hech nima bo'lmadi. Barcha futbolchilar bor kuchi bilan o'ynayotgan edi. Balki omadimiz kelmayotgandir. Nasib qilsa qolgan o'yinlarda yaxshi natijalar ko'rsatamiz.

- AGMK bilan bo'lgan o'yinda futbolchilar o'rtasida mushtlasuv sodir bo'ldi. Bunga qanaqa munosabat bildirasiz?


- Futbolda har narsa bo'lib turadi. O'yin baytida barcha futbochlilar asabiylashadi. SHunda raqib jamoa bilan urishib ketishadi. Maydonda to'qnashuvlar bo'lib turadi. Ushbu bahs yakunlanganidan so'ng, Ikrom Aliboev va Abduqaxxor Hojiakbarov do'stona xayrlashishdi.

- Superliga bahslari qiziqarli o'tmoqda. Bu yil chempion kim bo'lishi ham nomalum. Sizningcha "Lokomotiv" bu yilgi chempionatda qanchalik qiyinchiliklarga duch kelmoqda?

- Bu yil superliga bahslari ancha kuchaygan. Juda ham qiziqarli o'yinlar bo'lyapti. Barcha jamoalar kuchaygan. Kim chempion bo'lishi ham nomalum.

- Sizga arab jamoalaridan qiziqishlar yoki takliflar bo'lyaptimi?

- Superliga bahslari endi qizg'in pallaga keldi. OCHL musobaqasining guruh bosqichi ham yakunlanmoqda. Hozircha hech bir jamoadan takliflar bo'lgani yo'q. Ayni damda "Lokomotiv" jamoasi bilan shartnomam bor.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика