So’nggi yangiliklar

20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0

Samvel Babayan: "Qizil kartochka Filippinga yordam berdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qizil kartochka Filippinga yordam berdi"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston - Filippin uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan qatnashdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Kecha raqib yaxshi tashkil etilgan jamoa ekani aytgandim. Murabbiyning ham qo'li ko'rinib turibdi. Bugun 5-6ta o'yinga etadigan xavfli vaziyat yarata oldik. Ko'pchilik mutaxassislar Filippin terma jamoasini Malayziyaga tenglashtirishgandi. Bundan hayron qolgandim. Raqib posboni Angliyada o'ynaydi, u "CHelsi" maktabini tugatgan. Qizil kartochka Filippinga qo'l keldi, ular butun jamoa bilan himoyada o'ynadi. Bugun g'alaba qozondik va guruh peshqadami bo'lib oldik. Bu eng muhimi", - deydi Babayan.

- Ahmedov va Sohibov o'yinning boshidan oxirigacha tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashdi. Raqib tezkor qarshi hujumlarga ko'p o'tishdi.

- Bahraynga qarshi o'yinda tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- Agar o'sha bahsdan oldin keyingi bosqich masalasini hal qilsak o'zgarishlar bo'ladi. So'nggi turgacha kurashamiz.

- Jeparov maydonni tark etgach burchak to'plari sifati ancha ko'tarilganini sezdingizmi?

- Server Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. Uning chap oyog'i juda kuchli. Biroq bazida omadsiz holatlar bo'lib turadi.

- Futbolchilar ko'proq Odil Ahmedov orqali o'ynashdi. SHundaymi?
- Odil Osiyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri. U bugun tayanch yarim himoyasida o'ynadi. Ahmedov jamoamizning etakchisi. 
 
- Bugun o'nlab vaziyatlardan foydala olmaslikni qanday izohlaysiz?

- Sababi bu futbol! Kecha ko'pchilik 7:0 yutasizmi yoki chiroyli o'yin ko'rsatasizmi degandi. Men asosiysi g'alaba degandim, bunga erishdik. Xudoga shukur. Filippinga past nazar bilan qarash kerak emas. Raqib safida deyarli mahalliy futbolchilar yo'q, barchasi xorijda tahsil olgan. Raqib posboni Angliya quyi divizionida o'ynaydi. Agar bugungi bahsni ko'rishganida premer liga klublari o'z saflariga qo'shib olishlar mumkin edi.

- Geynrixga alohida rahmat aytmoqchimasmisiz?

- Sasha ajoyib o'yinchi. U uzoq vaqt terma jamoaga chaqirilmagandi. Lekin faqat bitta o'yinchini emas butun jamoaga rahmat aytmoqchiman. 29 mart kuni Bahraynga qarshi bahsda kelib bizni qo'llab turishlarini so'rab qolaman. Bugun stadionga kelgan, stadionga kira olmay qolgan va tv orqali bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman.

Narzulla Saydullaev




Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика