Grigoriy Babayan: "CHelsi" haqli g'alabaga erishdi"
12 dek 2024 23:25
Yangiliklar
Grigoriy Babayan: "CHelsi" haqli g'alabaga erishdi"
"Albatta, o'yindan ijobiy jihatlarni ham oldim. Undan tashqari, ayni damda chempionatining eng qizg'in pallasiga kelgan ligasining eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. Biz futbolchilarning jismoniy holatidan qo'rqqandik va birinchi bo'limdayoq holat yaqqol ko'rinib qoldi. Ikkinchi bo'limda o'yinni sokinlashtirdik va bir qancha vaziyatlar yaratdik. O'ylaganimizdan kamrog'ini bajardik. Yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Lekin mahorat o'z so'zini aytdi. "CHelsi" haqli g'alabaga erishdi.
Muxlislar ham darajalardagi farqni sezishdi, deb o'ylayman. Ular to'p bilan yaxshiroq ishlashyapti va tezroq qaror chiqarishyapti. Buni ko'rish uchun unchalik chuqurlashish shart emas. Urilgan gollarda "CHelsi" futbolchilari individual harakatlar evaziga osonlik bilan aldab o'tishmoqda. Bu biz uchun yaxshi maktab vazifasini bajardi", - dedi Babayan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar