So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Samvel Babayan: "Paxtakor"ning mag'lubiyati? Boshqa jamoalar natijalari haqida gapirmoqchi emasman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Paxtakor"ning mag'lubiyati? Boshqa jamoalar natijalari haqida gapirmoqchi emasman"

"Buxoro" hamda "Navahor" o'rtasidagi Superliganing 21-tur o'yinidan (0:3) so'ng mehmon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. G'alaba biz uchun juda muhim edi. G'alabaga munosib o'ynadik. Ayni damda "Navbahor"ning yangi tarixida sodir bo'layotgan voqealar hokimimiz xizmatlari deb hisoblayman. Olg'a harakat qilishda davom etamiz. Biz uchun oddiy o'yinlar yo'q, har biriga bor kuchimizni sarf qilamiz.

Bugun "Buxoro" darvozasiga shedevr gollar kirdi, ammo kimnidir alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman, chunki butun jamoa mehnat qildi".

- Ayni damda uchta frontda harakat qilyapsiz...

- Qaytaraman, biz uchun oddiy o'yinlar yo'q, har birida bor kuchimizni ishga solamiz. Bir xil tayyorlanib, raqibni o'rganamiz.

- "Paxtakor"ning bugungi mag'lubiyatidan so'ng "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlari ortdi...

- Men boshqa jamoalar natijalari haqida gapirmoqchi emasman. Bugun yigitlarimizning o'yini va g'alabasidan rohat olmoqchiman.

- "Buxoro" o'yini haqida nima deya olasiz?

- "Buxoro" chaqilmas yong'oqqa o'xshaydi. Jamoada standartlarda yaxshi o'ynaydiganlar bor, biroq biz raqibni yaxshi o'rganib chiqdik va g'alabaga erishdik. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilayman.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика