Samvel Babayan "Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng: "Durang adolatdan bo'lardi"
01 apr 2022 21:27
Yangiliklar
Samvel Babayan "Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng: "Durang adolatdan bo'lardi"
"Bu birinchi davraning markaziy o'yinlaridan biri edi. O'yin va natija haqida gapirsam - agar durang bo'lganida adolatdan bo'lardi. Biz hujumda o'ynamadik. Yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Afsuski, hujumlarimiz o'xshamadi.
- Goldan keyin nima uchundir "Navbahor" oldinga borish o'rniga, o'yinni tashlab yuborgandek ko'rindi.
- Bunday bo'lmadi. Biz vaziyat yaratib, oldinga borishga urindik. Barcha oxirigacha harakat qildi.

- Mazmunli, jangovar o'yin ko'rdik. Intizomni ushlab turdingiz. Lekin, nima uchun bu o'yin oxirigacha bo'lmadi?
- Tayanch zonasida qo'pol xato bo'ldi. O'yin darajasiga keladigan bo'lsak, bu OCHL darajasidagi bahs bo'ldi. "Navbahor"da hozir jamoa yangi. 60-70 foizga yangilangan. O'yindan-o'yingacha maksimal ravishda kuchayamiz.
- O'yindagi almashtirishlaringiz mag'lubiyatga tasir qildi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q. Bunga jarohat ham sabab edi. Azim Ahmedovda jarohat bor edi. Grigalashvilida esa almashtirish vaqti kelgandi.

- "Navbahor" o'yin davomida aniq hujum qilgani yo'q. Lekin jamoa tarkib jihatdan yaxshi. Balki yaxshiroq hujum bo'lganida g'alaba bo'lardi?
- Biz bugun o'z salohiyatimizni ko'rsata olmadik. Xatolar bo'ldi. Hali buni tahlil qilib chiqamiz. Balki haddan ziyod g'alaba qozonishni istab yuborgandirmiz.
- O'tkir Yusupovning o'yindan keyingi harakatlariga qanday baho berasiz? Bu to'g'rimi?
- Bu vaziyatni hali ko'rmadim.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi
Foto: Tolibjon Qosimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar