So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  2 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo'lib to'p bizning darvozamizdan o'rin olyapti” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo'lib to'p bizning darvozamizdan o'rin olyapti”

Coca Cola Superligasi 20-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Lokomotiv” jamoasi ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- O'yin haqida batafsil to'xtalib o'tmoqchiman. “Lokomotiv” o'yinida g'alati holatlar bo'lyapti. Negadir, birinchi bo'lib to'p bizning darvozamizdan o'rin olyapti. Futbol shunday shafqatsiz o'yin ekanligini takidlamoqchiman. Doim ham kuchli jamoa g'alaba qozonavermaydi. “So'g'diyona” bilan bo'lgan bahsda ham alamli mag'lubiyatga uchradik.

Bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Qator vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, navbatdagi uchrashuvda ham durang o'ynadik. Hisobda ortda qolib, hisobni tenglashtirganimiz uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi.

Liga kubogidagi o'yin bilan bugungisini solishtiradigan bo'lsak, oldingi bahsda bunday yirik mag'lubiyatga loyiq emasdik. Qolaversa liga kubogi o'yinida har ikki jamoa ham boshqacha tarkiblar bilan, yani etakchilarsiz o'ynagan edi.

Bugungi uchrashuv tamoman boshqacha edi. “Qo'qon-1912” jamoasida ham kuchli futbolchilar jamlangan. Bekorga ushbu jamoadan turli terma jamoalarga o'yinchilar taklif etilmayapti. Yosh murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman.


Reyting: -115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика