So’nggi yangiliklar

22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  0 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  4 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  6 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  1 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9

Samvel Babayan: "Naft"ni yaxshilab o'rganib chiqdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Naft"ni yaxshilab o'rganib chiqdik"

"Paxtakor" va "Naft Tehron" o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida maydon egalari ishtirok etishdi.
Bosh murabbiy Samvel Babayanga himoyachi Akbar Ismatullaev hamrohlik qildi.

"Ertaga biz uchun juda muhim, mavsum boshi. OCHL juda nufuzli musobaqa hisoblanadi. Bu yilgi maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynash, chiroyli futbol namoyish etish va muxlislarimizni xursand qilish. Raqibimiz Eron chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Bu ko'p narsadan dalolat beradi. Ammo "Naft"ni yaxshilab o'rgandik, ularning kuchsiz jihatlarini yaxshi bilamiz", - deydi Babayan.

"Barcha yigitlar ertangi uchrashuvning ahamiyatini tushunib turishibdi. Nasib qilsa ertaga chiroyli o'yin namoyish etib g'alaba qozonamiz", - deydi Akbar Ismatullaev.

- Ertaga ko'p narsani jismoniy holat hal qiladi. Bu borada jamoa tayyormi?
- To'g'ri bizda hali mavsum boshlangani yo'q. Ammo bizda OCHLda o'ynash tajribasi bor. Bundan tashqari o'z maydonimizda va muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Bu bizga ustunlik beradi.

- Jamoada yo'qotishlar yo'qmi? Vladimir Kozakning holati qanday?
- Kozak ertaga maydonga tushishi mumkin. Barcha bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Faqatgina Kamoliddin Tojiev operaciya qilindi va 2 oy maydonga tushmaydi.

- Alibobo Rahmatullaev bilan shartnoma tuzildi. Ammo u hozir jamoa bilan birga emas...
- To'g'ri uni o'z safimizga qo'shib oldik va 2 oy ishladik. Biroq hozirgi holatida u "Paxtakor"da o'ynashga tayyor emas. SHu bois uni ketishiga ruxsat berdik. Balki u "Buxoro"da o'zini ko'rsatishi mumkin.

- "Naft Tehron" o'z chempionatida o'tgan yilning avgustidan buyon mag'lub bo'lmayapti. Bu jamoaga bosim o'tkazmaydimi?
- To'g'ri raqib kuchli. Ammo bizda jamoa bor, har bir futbolchimiz maydonda bor kuchi bilan o'ynaydi. Biz "Naft"ni anchadan buyon o'rganib chiqdik. Ertaga O'zbekiston chempioni saviyasida o'ynaymiz.

- Raqib safida kimnidir alohida ajratib ko'rsata olasizmi?

- Albatta "Naft" safida kuchli ijrochilar bor. Ammo kimnidir alohida ko'rsata olmayman. Ular bir jamoa sifatida kuchlilar.

- O'tgan yil Krimecni tayanch yarim himoyachi sifatida ham sinab ko'rgan edingiz. Kozakning jarohati tufalyi ertaga ham Egor yarim himoyada o'ynashi mumkinmi?

- To'g'ri takidladingiz, o'tgan yil imkoniyatlarimiz bo'lgani uchun Krimecni tayanch yarim himoyachi rolida o'ynatgandik. Sababi tarkibimizda Boyan Miladinovich va Kamoliddin Tojiev kabi futbolchilar bor edi.

- Ertaga qanday taktikada o'ynaysizlar?
- Raqibni o'rganib chiqib o'zimizga mos taktika tanlab oldim. Biroq hozir bu erda barchasini oshkor qilmoqchi emasman.

 
Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика