Samvel Babayan: "Bugungi o'yinda vazifamizni uddaladik"
15 mar 2014 19:28
Yangiliklar


Samvel Babayan: "Bugungi o'yinda vazifamizni uddaladik"
Birinchi bo'lib mehmonlar menejeri Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.
Samvel BABAYAN ("Paxtakor" menejeri): - Andijondagi o'yinlar hamisha qiyin kechadi. Qolaversa, jamoa bu yil oliy ligaga qaytdi. Bugun maydonning holati yomg'irdan keyin bir oz yomon ahvolga kelib qoldi va bu yanada yaxshi o'ynashga to'sqinlik qildi. Biz g'alaba qozonishni maqsad qilgandik va birinchi bo'limda vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limda suratni oshirdik, bu esa to'p kiritishimizga olib keldi. Umuman olganda, o'yindan qoniqish hosil qildim. Stadion muxlislar bilan to'lgani barchani xursand qildi. Bu o'yinga bo'lgan qiziqishni ko'rsatib turibdi.
"Paxtakor" oldiga har doim yuqori maqsadlarni qo'yadi. Bu mavsum ham biz ichki musobaqalarda eng yaxshi natijalarni ko'rsatishga harakat qilamiz.

Fikrlar