So’nggi yangiliklar

00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  2 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  21

Samvel Babayan: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Ammo g'alaba qozona olmadik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Ammo g'alaba qozona olmadik"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Uy o'yinlari bizda qiyin kechadi. Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Ammo g'alaba qozona olmadik. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Biroq gol ura olmadik. Vaziyatlardan foydalana olmaslik bu o'yindagi asosiy kamchiligimiz bo'ldi. Natija qayd eta olmadik. SHu o'rinda qandaydir etiroz bo'lishi mumkin edi. Lekin bu o'yinga etiroz ham bildirib bo'lmaydi. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. O'yinda to'liq ustunlik qildik. Bunaqasi futbolda bo'lib turadi. Ishlashda, oldinga intilishda davom etamiz.

- Zoran Marushichning o'yini haqida so'ramoqchiman. Zoran bugun juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bosh darvozaga gol ura olmadi. Marushichning mavsum boshidagi formasini yo'qotib qo'yishiga sabab nima bo'ldi?

- Jismoniy taraflama Marushichning formasi joyida. Vaziyatlardan foydalanishda muammo bo'layotgani bor gap. Ikki-uch marta qulay imkoniyadan foydalana olmadi. Bunga nima sabab bo'lganini muhokama qilamiz. 

- Zoran Marushichning vaziyatlardan foydalana olmayotganiga balki futbolchida psixologik muammolar borligi sabab bo'layotgandir. Bunga fikrga qanday qaraysiz?

- Men faoliyatim boshida aytib o'tgandim. Namanganda faqatgina ruxiy bosimga bardosh bera oladiganlargina o'ynay oladi. Muxlislarga to'la stadion o'yinga o'z tasirini o'tkazadi. O'ylashimcha, bu psixologiya bilan bog'liq emas. Bu natija keltirishni juda ham istaganlikdan kelib chiqadigan holat bo'lishi mumkin. Minglab muxlislar uylariga mamnun kayfiyatda ketishlarini juda xohlashdan shu kabi holatlar kelib chiqdi deb o'ylayman. Hujumchimiz Gruziyada mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo'lgan. Aynan shu sabab, biz uni "Navbahor"ga olib keldik. O'tgan mavsum hujumchilarimiz deyarli gol ura olishmadi. Marushich vaziyatlarni yakunlashni biladigan hujumchi. Balki u sharoitga biroz moslashishi kerakdir. 

- Oxirgi o'yinlardan keyin berilayotgan savollarga deyarli bir xil javob bermoqdasiz. Vaziyatlardan foydalana olmaslik, vaziyatlardan foydalana olmaslik... "Navbahor" esa "oltin ochko"larni yo'qotmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida ishlashga kech bo'lmadimi? Birinchi davraning oxirgi ikki turida juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Bazi o'yinchilarni o'zgartirish vaqti kelmadimikan?

- Vaziyatlardan foydalana olmaslik ustida ishlash uchun hech qachon kech emas. Bundan tashqari, biz bu masala ustida har doim ishlaymiz. "Oltin ochko"larga kelsak, biz ham qimmatli ochkolarni yo'qotayotganimizni tushunib turibmiz. O'yinchilarni olib tashlash yoki jamoaga yangi o'yinchilarni olib kelish borasida gapiradigan bo'lsak, men ham jamoa tarkibini kuchaytirishni istagan bo'lardim. Bizda yana bir oy bor. Jamoani kuchaytirishda ayniqsa hujum chizig'iga etibor beramiz. Jamoada selekcion ishlar davom etmoqda. 

- Azim Ahmedovda jarohat bormi?

- Ayni vaqtda Azim Ahmedovda jarohat yo'q. Ammo "Lokomotiv"ga qarshi o'tgan nazorat o'yinida unda biroz muammo yuzaga keldi. Hozir Azim Ahmedov tiklanish jarayonida.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика