So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Samvel Babayan: "Bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tadigan derbilar hamisha qiziqarli va murosasiz tarzda kechadi. Bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Natija va sifatga kelsak, o'yinimizdan qoniqmadik. Raqibga juda ko'p imkoniyat taqdim etdik. Natija bizga manzur kelmadi. CHempionatda oddiy o'yinlar deyarli yo'q. Favoritmi, autsaydermi, farqi yo'q, hamma uchrashuvlar kurashlarga boy bo'lib o'tmoqda. Bu bizga dars bo'ldi. O'yinni tahlil qilib chiqamiz. Raqib imkoniyatiga to'g'ri baho berishimiz kerak.

- 1996 yilda "Navbahor"da, keyin "Paxtakor", O'zbekiston terma jamoasi va chet el klublarida ishlagansiz. 1996 yil "Navbahor" chempionlikka erishgan. Hozirgi kunda "Nasaf", "So'g'diyona" jamoalari bilan bir qatorda jamoalarimizga 1-o'rinni olish uchun nimadir etishmaydi.  Siz nima deb o'ylaysiz?

- O'yinlarda barqarorlik etishmaydi. Biz sifatli o'yin ko'rsatamiz, lekin qoqilishlar ro'y beradi. Bugun negadir raqib o'yiniga to'g'ri baho bera olmadik. Taktik taraflama bazida himoyaga yotishga harakat qildik va vertikal uzatmalarni amalga oshirdik, ammo bizda ijodkorlik ko'rinmadi. Har bir o'yinda maksimal natijaga erishish uchun barqarorlik etishmay qoladi. 

- Azim Ahmedov oxirgi o'yinlarda deyarli o'ynamayapti. Uning jarohati bormidi?

- Ha, jarohati bor edi. Sekin-asta safga qaytmoqda. U jamoa sardori va asosiy tarkib azosi. Unda jarohat kuzatilgani bois mashg'ulotlarda ham qatnashmagandi. Hozir tiklanib boryapti, shu tufayli maydonda ko'rinish berdi. 

- "Navbahor" keyingi turda "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Bu uchrashuvni "yil o'yini" deb tariflasak bo'ladimi? 

- Hali oldinda yana 10 ta o'yin bor. O'ylaymanki, bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi. "Paxtakor" ham boshqa raqiblarimiz singari jamoa sanaladi. Har doimgidek tayyorlanamiz.

Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика