Sampaoli - JCHdan chiqib ketgani haqida: "Menga "dabdala" so'zi yoqmaydi"
01 iyu 2018 12:35
Yangiliklar
Sampaoli - JCHdan chiqib ketgani haqida: "Menga "dabdala" so'zi yoqmaydi"
Argentina termasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli JCHning 1/8 finali doirasida Franciyadan (3:4) uchralgan mag'lubiyatdan keyin turnirdan chiqib ketgani borasida gapirdi.
"Menga dabdala so'zi yoqmaydi. Argentina kurashdi, ikkinchi bo'limda ko'proq gol kiritdik. Bu turnirdan ko'prog'ini kutgandik. Bizda katta loyixa bor edi. Argentina bu turnirni yuta olishiga ishongandim, biroq bazi vaqtlarda bizda tanlov imkoniyati bo'lmaydi. Har bir o'yinni jiddiylik bilan taxlil qilib chiqish kerak.
Qog'ozda yoki mikrofonda buni aytish oson. O'yin vaqtida to'g'ri qarorni chiqarish juda ham qiyin bo'ladi. Ayrim vaziyatlarda noto'g'ri qaror chiqariladi. Biz Mbappeni qo'riqlay olmadik. U juda yaxshi futbolchi. Biz uchrashuvga tayyorlanayotganimizda raqiblarni to'xtata olishimizga ishongandik. Biz o'ylaganimizdan boshqacharoq o'yin namoyish qildik", - dedi Sampaoli.
Fikrlar