So’nggi yangiliklar

19:00ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — Эрон 0:0 (матнли трансляция)  45 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  43 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  45 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0

Sami Al Jaber: "Menimcha, finalda "Al Hilol" 2:1 hisobida g'alaba qozonadi" Yangiliklar

Sami Al Jaber: "Menimcha, finalda "Al Hilol" 2:1 hisobida g'alaba qozonadi"

Bugun Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Yaponiyaning Saytama shahrida kechadigan bahsda "Urava Reds" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi maydonga tushadi. Malumki, birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.


"Al Hilol" afsonalaridan biri Sami Al Jaber bugungi uchrashuv oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Al Jaber 2000 yil "Al Hilol" ushbu musobaqada g'olib chiqqan, faqat o'shanda musobaqa CHempionlar kubogi deb yuritilardi.

- "Al Hilol"ning bu yil OCHLda muvaffaqiyatli ishtiroki sababi nimada?
- Biz "Al Hilol"ni doim bir tekis o'ynaydigan jamoa sifatida bilamiz. Bu erda klub murabbiylari va futbolchilar bir tekis ish olib borishadi. 2009 yildan boshlab klub oldiga qisqa, o'rta va uzoq muddatli rejalar qo'yildi va klub navbati bilan ushbu rejalarni amalga oshirishga harakat qilib kelmoqda.

- Omar Xrbinning o'yini sizda qanday taassurot qoldiryapti?
- U shubhasiz hozirgi paytda Osiyoning eng kuchli hujumchilaridan biri. Xrbin "Al Hilol"ga kelganidan beri muntazam ishlamoqda va yangi jamoaga tezda moslashib oldi. Suriyalik hujumchi "Qirol Kubogi"da zafar quchishimizga yaqindan yordam berdi. U "Urava" bilan kechgan birinchi bahsda uchta to'p kiritishi mumkin edi, biroq faqat bitta gol bilan kifoyalandi. Lekin javob o'yinida o'zini to'liq ko'rsata oladi.

- Finalning ikkinchi uchrashuvidan nima kutyapsiz?
- Ar Riyodda kechgan bahs "Al Hilol"ning ustunligida kechdi va buni hamma ko'rdi. Birinchi taymning o'ziyoq bizning jamoa foydasiga 3:1 yoki 4:1 bo'lishi mumkin edi. Ammo futbolchilarimiz qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi, qolaversa raqib darvozaboni ham o'z ishini yaxshi bajardi. Albatta, Karlos Eduardoning jarohat olishi chatoq bo'ldi, bu bilan "Al Hilol" 30 foiz kuchini yo'qotdi. Ammo bizda Navaf Al Obid, Salim Dovsari, Omar Xrbin kabi futbolchilar bor va hammamiz jamoaga ishonamiz.

- Siz "Al Hilol"da 20 yilni o'tkazgansiz. Qanday xotiralar yodda qolgan?
- Esda qolarli xotiralar nihoyatda ko'p. Men bu jamoada o'ynashni boshlaganimda 14 yosh edim. Faqat "Vulverxempton"ga ijaraga berilganimda bu klubda to'p tepmaganman, qolgan vaqt doim "Al Hilol" bilan bo'lganman.

- Finaldan qanday natija kutyapsiz?
- Albatta, "Al Hilol"ning g'alabasini. Menimcha, biz 2:1 hisobida zafar quchamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика