So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Samarqand derbisida "Dinamo" g'olib bo'ldi Yangiliklar

Samarqand derbisida "Dinamo" g'olib bo'ldi

Teglar :  SHerdorDinamo
Yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini Samarqandda o'tkazayotgan Dinamo jamoasi dastlabki nazorat uchrashuvini Samarqandning yana bir klubi SHerdorga qarshi o'tkazdi.

CHarxin qo'rg'onidagi «Dinamo» futbol maktabiga tegishli maydonda o'tgan nazorat bahsida «Dinamo» jamoasi yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHu kuni «Dinamo» safida murabbiylar bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi.

O'yinni hujumkor boshlagan  «Dinamo» 12-daqiqada hisobni ochdi. Ilhom Yunusov tomonidan etkazib berilgan chiroyli «pas»ni Amirjon Safarov kuchli zarbasi bilan golga aylantirdi, 1:0.

25-daqiqada esa Jasur Azimov boshlagan hujumdan keyin Jasur Qurbonov jarima maydonida raqib darvozaboni yakkama-yakka holatga chiqib borayotganida «SHerdor» himoyachisi Saddam Boymatov tomonidan to'xtatib qolindi. Belgilangan 11 metrlik jarima to'pini Komil SHarofutdinov bexato amalga oshirdi, 2:0.

35-daqiqada esa burchakdan etkazib berilgan to'pni Jasur Qurbonov bosh bilan «SHerdor» darvozasiga kiritib, hisobni 3:0 ga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda ham jamoalar ancha hujumkor o'yin namoyish etishdi. 55-daqiqada Hakimxon Alamxonov jarima maydonida «SHerdor» hujumchisi Muhammad Rajabovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun penalti belgilandi. Zarbani jabrlanuvchining o'zi bergan bo'lsada, «Dinamo» posboni Rustam Toshturdiev ajoyib «seyvi» evaziga 11 metrlik zarbani qaytarib qoldi.

SHuningdek, «SHerdor» safidagi Islom SHaripov, Abdullo Nabievlarda ham hisobni qisqartirish uchun imkoniyatlar bo'lgandi, ammo o'yindagi hisob o'zgarmadi.

Qayd etish joiz, o'z oldiga 2018 yilda Pro-Ligada ishtirok etishni maqsad qilgan «SHerdor» klubi o'tgan haftada Samarqandda Jizzaxning «So'g'diyona» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:2 hisobini qayd etgandi.

«Dinamo»ning Samarqanddagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.


17 yanvar (chorshanba)

Samarqand. «Dinamo» FM stadioni.

«DINAMO» - «SHERDOR» - 3:0 (3:0)

Bosh hakam: 
SHerzod Qamarov (Samarqand)

Gollar: Amirjon Safarov 12, Komil SHarofutdinov 25, Jasur Qurbonov 36.

«Dinamo»: Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Hakimxon Alamxonov, Mirkomil Lokaev, Temur Fayzullaev, Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov, Jasur Azimov, Komil SHarofutdinov, Jasur Qurbonov, Amirjon Safarov.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar: 
SHamsiddin Sadullaev, Jasur Ashurov, SHahzod Saidov, Asad Tolipov, Mehroj Xudoyberdiev, Orzumurod Ahmedov, Damir Temurov, Asomiddin Mamatov, Ramish Bobomirzaev.

«SHerdor»: SHuhrat Muxtorov, Saddam Boymatov, SHerbek SHukurov, Akbar Siddiqov, Otabek Xamroqulov, Farhod Safarov, Mirjalol Lokaev, Farzin Muxtorov, Nurbek Olmosov, Islom SHaripov, Muhammad Rajabov.

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammad Rajabov («SHerdor»), 55.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика