Saloh: "Bu "Liverpul" libosida "Man Siti"ga qarshi oxirgi o'yinim edi"
02 dek 2024 12:51
Yangiliklar
Saloh: "Bu "Liverpul" libosida "Man Siti"ga qarshi oxirgi o'yinim edi"
"Liverpul" va Misr terma jamoasi etakchisi Muhammad Saloh yana bir bor shartnomasi yakunlanayotganiga urg'u berdi.
"To'g'risini aytsam, bu fikr meni bir lahzaga ham tinch qo'ymadi. Hozirgi vaziyatda bu "Manchester Siti"ga qarshi "Liverpul" libosida o'tkazgan oxirgi uchrashuvim. SHu sababli, men shunchaki zavqlanishni istadim. Atmosfera shunchaki ajoyib va men bu erda o'tkazgan har bir onimdan rohatlanyapman. Umid qilamanki, biz ligani yutamiz, qolganini esa vaqt ko'rsatadi".
Eslatib o'tamiz, Saloh "Liverpul" safida 2017 yil iyun oyidan buyon to'p tepadi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum 32 yoshli vinger barcha musobaqalarda 20 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar