So’nggi yangiliklar

09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  12 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0

Salimjon Zokirov: “O'zgacha “Lokomotiv-BFK”ni ko'rdik” Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “O'zgacha “Lokomotiv-BFK”ni ko'rdik”

Teglar :  Salimjon Zokirov
PRO-Liga 17-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Lokomotiv-BFK” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuvda raqiblarimiz bizdanda ko'proq vaziyatlarga ega bo'lishdi. Avvalo shuni aytish joizki, bugun raqiblarimiz juda faol o'yin namoyish etishdi. Biz bu jamoa avvalgisidan butunlay ijobiy tomonga o'zgaribdi.

Raqiblarimiz tomonidan uyushtirilgan ko'plab hujumlarni bazi vaziyatlarda himoyachilarmiz bartaraf etgan bo'lsa, bazi vaziyatlarda darvozabonimiz qutqardi. Bugun darvozabonimiz Muxriddin Axmedov juda yaxshi o'ynadi. Lekin o'tkazib yuborilgan golda darvozabonimizning bir oz aybi bor, oddiy vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Bu gol raqiblarmizga ruhiy ustunlik berdi va jamoamiz bugungi o'yinda ancha qiyinchilikka duch keldi.

Bugun tarkibimizda yo'qotishlar bor edi. Asosiy tarkibda to'p suruvchi futbolchilarimizdan SHarifjon Mirzaev, Bunyodbek Abdumannonovlard jarohat tufayli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishdi. SHuningdek bugun Karimberdi Mamadaliev, Zokirbek Nurmatovlar ham maydonda jarohat bilan to'p surishga majbur bo'ldilar, sababi zaxiramizda ushbu futbolchilarni o'rnini bosa oladigan futbolchilar yo'q.

Keta-ket har 4 kunda o'yin o'tkazayotganimiz, o'tgan turda Buxoro viloyatiga qilgan safarimiz jamoamiz azolarini ancha toliqtirib qo'ygandi. Bu xolat birinchi bo'lim davomida yaqqol ko'zga tashlandi. Ikkichi bo'lim oxirida biz 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edik. Mana nega futbol 90 daqiqa o'ynaladi degan ibora bor? Jamoamiz futbolchilari uchrashuv yakunida o'z irodalarini namoyish etishdi, maydonda chinakam xarakter ko'rsatishdi. Yakunda biz g'alaba qozonib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo'ldik.

Ayni damda biz turnir jadvalida 27 ochko to'plab, uchinchi o'ringa ko'tarilib oldik. Birinchi davrani yuqori o'rinda tugatmoqchimiz. Keyingi turda safarda “Xotira-79” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Ikkinchi o'rinda borayotgan “SHerdor” jamoasi keyingi turda dam oladi, biz agar safarda “Xotira-79”ni mag'lub eta olsak, birinchi davrani ikkinchi o'rinda tugatishimiz mumkin.          
 
Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика