Farruh Zokirov: "Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak"
13 jan 20:20
Yangiliklar
Farruh Zokirov: "Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak"
- Bugun terma jamoamiz saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Bugungi bahs haqidagi taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz. Bugun g'alaba qozonishimiz uchun nima etishmadi?
- Filippin terma jamoasi ham bugungi bahsga juda puxta tayyorgarlik ko'rgan ekan. Filippin jamoasi dastlabki uchrashuvda g'alaba qozongan edi. Tarkibdagi ayrim bir o'yinchilar ham yuqori mahoratli ekanligini ko'rdingiz. Biz ko'p vaziyatlarimizdan foydalana olmadik va shu sababli uchrashuv durang bilan yakunlandi.
- Terma jamoamiz ketma-ket yig'inlardan so'ng saralash musobaqasiga qanday holatda etib keldi? Futzalchilarimiz ayni damda o'zlarining eng yaxshi sport formasidami?
- Biz ushbu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Asosiy futzalchilarimizdan biri Gulzoda Amirova hali hamon tiklanish jarayonida. Biz hozirgi tarkibimiz bilan ham keyingi bosqichga chiqishimiz kerak.
- Bugungi uchrashuvda jamoamizda qanday kamchiliklar kuzatildi?
- Bizning o'yinchilarimiz bir xil holatda emas. Keyingi o'yinlarga qadar biz ikkita teng tarkibga ega bo'lamiz degan umiddaman.
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar