So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  11 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  7 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

​Said Hodi Kozimiy: "O'zbekiston kuchli o'yin ko'rsatdi" Yangiliklar

​Said Hodi Kozimiy: "O'zbekiston kuchli o'yin ko'rsatdi"

“CAFA U-16 Championship” doirasida O'zbekistonga (1:4) qarshi uchrashuvdan keyin Afg'oniston termasi ustozi Said Hodi Kozimiy o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz dastlabki daqiqalarda yaxshi o'ynadik va birinchi bo'lib gol urdik. Keyinchalik bosim paydo bo'ldi. SHu boisdan o'yindan oldingi tuzilgan rejalar ish bermadi. Futbolchilarim o'zlarini ko'rsata olishmadi. Ko'plab gollar qo'yib yubordik. Raqiblar kuchli o'yin namoyish qildi. O'yin davomida O'zbekiston termasini yaxshigina qo'llab-quvvatlashdi. Bu ham g'alabaning bir omili bo'ldi, futbolchilarga kuch bag'ishladi. Tanaffusda futbolchilarimga to'p bilan ko'proq bo'lib, o'yinni nazorat qilishlarini ko'rsatma bergandim. Ammo ikkinchi bo'limning boshida penaltini ura olmadik. Bu ham yigitlarga qo'shimcha bosim berdi.

Biz ikki yil oldin yig'ilganmiz. O'shanda 14 yoshgacha bo'lganlar termasi nomi ostida yig'inlar olib borgandik. SHu vaqt davomida ko'plab muammolar bo'ldi. Tarkibning katta qismi o'zgardi, yangilanishlar bo'ldi. Ramazon oyida ham futbolchilar shug'ullanishdi. Ammo sharoitlar yaxshi bo'lmagani uchun bir tan bir jon bo'la olmayapmiz.

To'g'ri, biz chempionlikni himoya qilishimiz kerak edi. Ammo birinchi o'yindagi mag'lubitga qaramasdan bizda imkoniyat bor. Turnirga yaxshi sharoitda tayyorgarlik ko'ra olmadik. Buni tushuntirish qiyin. Ammo vaziyatga qarab harakat qilamiz.

Bo'lajak Osiyo chempionatida birinchi marta ishtirok etyapmiz. Umuman olganda Afg'oniston barcha yosh kategoriyalarida ilk marta Osiyo chempionatida qatnashadi. Bu turnirda biz guruhdan chiqishni rejalashtiryapmiz. Ushbu turnir orqali biz yaxshi futbolchilarni saralab olishimiz kerak. Menda bundanda yaxshiroq futbolchilar bor. Biroq bu turnirda biz futbolchilarni saralab olishga majburmiz", - dedi murabbiy.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика