Erondan qaytgan bir qator futbolchilarimiz milliy terma jamoasi murabbiylari nazoratida mashg'ulot olib bormoqda

Khoja
9 mar 2026, 08:27
O'zbekiston MTJ a'zolari Rustam Ashurmatov va Oston O'runov Erondagi vaziyat sababli ayni vaqtda yurtimizda.

Har ikki futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari nazoratida Toshkentda mashg'ulot o'tkazishmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar berdi

Futbolchilar FIFA kuniga qadar sport formani ushlab turishni maqsad qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Erondagi vaziyat sababli milliy chempionat bahslari to'xtatilgandi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston MTJ mart oyida Toshkentda  musobaqasida ishtirok etadi. Jamoamiz ushbu musobaqada Gabon va Venesuela termalariga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: @PenaltyNarzulla