So’nggi yangiliklar

13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  0 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  1 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  4 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  3 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7

Rustam Turdimurodov: "Navbahor" bizga qarshi final alami bilan maydonga chiqadi" Yangiliklar

Rustam Turdimurodov: "Navbahor" bizga qarshi final alami bilan maydonga chiqadi"

Superligada o'z o'rnini saqlab qolgan "Andijon" mavsumning so'nggi turida "Navbahor" bilan bellashadi.

"Bobur Arena"da "Dinamo"ni yirik hisobda taslim qilgan "burgutlar" endi yilni chiroyli yakunlashga harakat qiladi. SHu o'rinda biz jamoaning yosh hujumchisi Rustam Turdimurodovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Dinamo" bilan o'yin hujumlarga boy o'tdi. Yirik hisob qayd etilgan bo'lsada qiyin bo'ldi deya olaman. Biz uchun g'alaba zarur edi, boisi muxlislarimizni xursand qilishni istagandik. Ikkinchidan joriy mavsum "Bobur Arena"dagi oxirgi o'yinimizda maydonni yuqori kayfiyatda tark etish yoqimli bo'ldi. Bu mavsumda ko'proq o'yin amaliyoti berildi. Katta futbol taftini ancha yaxshiroq his qila boshladim. Qolaversa, kubokda g'olib chiqdik. O'z gollarim bilan hissa qo'shdim. Yana bir jihat, Andijon muxlislari "Ultras burgutlar" bu yil yondirishdi. Finalda hamma joyni qizil rang qopladi. Barchalariga rahmat deb qolaman.

To'g'ri, Superligada qolish masalasini hal qildik. Ammo "Navbahor" bilan o'yin derbi maqomida o'tadi. Ular finaldagi mag'lubiyat alami bilan tushishadi. Biz buni bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz",- deydi Rustam Turdimurodov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика