So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Rustam Mirsodiqov: "SHu kunga qadar hujumchilarimiz "ochilishmayotgan" edi" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "SHu kunga qadar hujumchilarimiz "ochilishmayotgan" edi"

Kecha bo'lib o'tgan oliy liga 10-turi doirasidagi "Metallurg" - "Andijon" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- “Men shogirdlarimni hamisha maydonga g'alaba qozonishga ruhlantirib tushiraman. Bugun ular berilgan ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. To'pni ko'proq nazorat etish, tezkor hujum uyushtirish, qanotlardan unumli foydalanishda ustunlikka ega bo'ldik. Tezkor gol esa o'yin taqdirini hal etdi. Birinchi va ikkinchi taymlar boshida raqib darvozasini ishg'ol etib olishimiz futbolchilarimizning o'z kuchlariga bo'lgan ishonchini oshirdi.

“Nasaf” ustidan safarda erishgan g'alabamiz albatta futbolchilar kayfiyatini ko'tardi. Ammo unutmang, biz “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalariga qarshi ham tengma teng o'yin olib borgandik. Faqatgina hujumchilarimiz “ochilishmayotgandi”. Bugun mana SHahzod Nurmatov hisobini ochib oldi. O'ylaymanki, endi hujumchilarimizning ishlari yurishib ketadi.

“Andijon”ning “Navbahor”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvini kuzatgandik. Andijonda juda ajoyib, kurashuvchan jamoa shakllangan. Biroq bugun tezkor gollar mehmonlarimizni dovdiratib qo'ydi. Bunday zarbalarga ular tayyor emas ekan.
Biz qaerda va kimga qarshi o'ynashimizga qarab taktika tanlaymiz. Qarshida qarshi hujumda o'ynadik. “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda ham tezda gol kiritib olganimiz bizning foydamizga ishladi. O'z maydonimizda esa hujumkor futbol namoyish etishga majburmiz. Muxlislarimiz bizdan boshqacha futbol kutishmaydi.”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика