So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Rustam Mirsodiqov: "Biz uchun g'alaba suv va havodek zarur edi" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Biz uchun g'alaba suv va havodek zarur edi"

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov o'z fikrlarini bildirdi.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: Biz uchun g'alaba suv va havodek zarur edi. Ikkinchi davrani kutilmagan jarohatlar, tarkibdagi yo'qotishlar hamda futbolchilarning funkcional holati bilan bog'liq bo'lgan muammolar bois muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan jamoamizdan ishqibozlar faqatgina g'alaba kutishayotgandi desam, yanglishmayman. Bu safar ham tarkibni tuzishda qiyinchilikka duch keldik.

“Bunyodkor” bilan o'yinda hujumchimiz SHahzodbek Nurmatov jarohat olganligi bois maydonga tusha olmagan bo'lsa, Mirg'iyos Sulaymonov sariq kartochkalar bois mavsumdagi ikkinchi o'yinini o'tkazib yubordi. Yana bir hujumchimiz Sardor Rasulov esa betob edi. Xullas, hujum chizig'iga yoshlar terma jamoamiz nazoratida kelayotgan SHohnazar Norbekovni tushirdik va u umidimizni oqladi. Tajribali yarim himoyachi Ruslan Vagapov o'zini ko'rsatdi. Futbolchilarning ruhiyati bilan bog'liq muammolar ortda qoldi deb umid qilaman.

Bugun futbolchilardagi ishtiyoq evaziga 3 ochkolik bo'ldik. Keyingi o'yinlargacha asosiy futbolchilarimiz maydonga qaytishsa, muxlislarimizni albatta xursand qilishda davom etaveramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика